“Oq-tepa lavash” Sergelidagi zaharlanishga izoh berdi

© oqtepalavashOk-Tepa lavash
Ok-Tepa lavash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sergelidagi zaharlanish sabablari hozircha 100% aniqlanmagan bo‘lsada - “Oq-tepa lavash” bemorlarga yordam berishni boshladi.

TOShKENT, 6-iyun - Sputnik. “Biz suhbat va muzokaralar uchun ochiqmiz”, deb boshlanadi “Oq-tepa lavash” kompaniyasining Feysbukdagi rasmiy sahifasida qoldirilgan xabarda.

“Bo‘lib o‘tganlar uchun javobgarlikni to‘liq o‘zimizga olamiz. Biroq hozir eng muhimi – jabrlanganlarga yordam berish”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, sahifada kompaniya rahbariyati zaharlangan bemorlar ahvolidan xabar olish uchun kasalxonaga borgani, hamda keltirilgan ma’naviy zarar va davolanish xarajatlarini qoplaganini xabar qilishgan.

Prodaves gotovit shaurmu - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 15 kishi ovqatdan zaharlandi: 3 nafar bemorning ahvoli og‘ir

Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda kompaniya vakili zaharlanish sabablari hozircha 100% aniqlanmaganini va ushbu holat yuzasidan tekshirish o‘tkazilayotganini va xabar qilishdi.  

Tan olish kerak-ki, ovqatdan zaharlanish yoz mavsumida O‘zbekistonda tez-tez uchrab turadigan hol, lekin aybdor tomon o‘z aybini darhol bo‘yniga olib, javob berishga tayyor turishi – bu juda yaxshi yangilik. 

Boshqalar ham bundan o‘rnak oladi degan umiddamiz. Biz esa OAV sifatida vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etamiz. 

 

Yangiliklar lentasi
0