O‘zbekiston va Turkmaniston chegarasida yangi temir yo‘l stansiyasi ishga tushirildi

© Uzbekiston temir yullari"Novie vorota": v Uzbekistane otkrilas jeleznodorojnaya stansiya
Novie vorota: v Uzbekistane otkrilas jeleznodorojnaya stansiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yangi yuk o‘tkazish maskani ikki mamlakatni bog‘lovchi “yangi darvoza” sifatida faoliyat olib borilishi alohida qayd etildi.

TOShKENT, 28-may – Sputnik. O‘zbekiston va Turkmaniston chegarasida “Surxonobod” temir yo‘l stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar qildi. 

Xabarda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tashuvlar sonini oshirish, tranzit yuklarni tashish, vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borish maqsadida ushbu stansiya barpo etilgan.

Poyezd - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent - Issiqko‘l yo‘nalishidagi poyezdga chipta narxlari ma’lum qilindi

Tantanali ochilish marosimida ushbu yangi yuk o‘tkazish maskani ikki mamlakatni bog‘lovchi “yangi darvoza” sifatida faoliyat olib borilishi haqida alohida qayd etildi.

Shu kunga qadar mamlakatning janubiy qismidagi tranzit tashuvlar qo‘shni Turkmaniston Respublikasining “Boldir” stansiyasi orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, endilikda eksport va import yuk aylanmasi yangidan bunyod etilgan “Surxonobod” stansiyasi orqali amalga oshiriladi.

Stansiyada davlat chegarasini kesib o‘tadigan temir yo’l hududida bojxona xizmati va boshqa nazorat turlarini amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 

Vokzal Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
Temir yo‘l vokzallarida qaysi xizmatlar bepul hisoblanadi?

“Boshtransloyiha” AJ mutaxassislari loyihasiga ko‘ra bunyod etilgan yangi temir yo‘l stansiyasi “Termiz maxsus qurilish” UK ishchi-xodimlari tomonidan barpo etilib, 34 ming metr kub tuproq ishlari amalga oshirildi va hudud atrofidagi 4 kilometrga yaqin temir-beton panjaralar bilan o‘raldi.

Xabarda “Surxonobod” stansiyasi ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayriboshlash, eksport va import xizmatlarini ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etishi, kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, eng muhimi ikki davlat xalqlari o‘rtasida o‘zaro qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0