Toshkent - Issiqko‘l yo‘nalishidagi poyezdga chipta narxlari ma’lum qilindi

Obuna bo‘lish
Toshkent – Bishkek – Baliqchi (Issiq-ko‘l) yo‘nalishida xalqaro yo‘lovchi poyezdida yo‘lovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Vagonlar shinam va yorug‘, sovutish tizimlari bilan jihozlangan.

TOShKENT, 18-may - Sputnik. Joriy yilning 6-iyun kunidan boshlab mavsumiy Toshkent – Bishkek – Baliqchi (Issiq-ko‘l) yo‘nalishida xalqaro yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Poyezd AO Uzbekiston temir yullari Tashkent - Urgench - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent – Issiqko‘l yo‘nalishida mavsumiy poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ma’lumotlar xizmati xodimining aytishicha, 6-iyun kuniga rejalashtirilgan reysga 18-may holatiga ko‘ra, joylar bor.

Plaskart vagon uchun chipta narxi - 370 ming so‘mni, kupe narxi 485 ming so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha "O‘zbekiston temir yo‘llari" matbuot xizmati ushbu qatnov O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida sayyohlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgani haqida xabar qilgan edi.

Endilikda Issiq-Ko‘lga poyezd qatnovi haftaning har payshanba kuni Toshkent markaziy vokzalidan kechki soat 20:50 da yo‘lga chiqib, Qozog‘iston hududi orqali harakatlanadi va juma kuni kechki 20:29 Baliqchi vokzaliga yetib boradi. Issiq-ko‘ldan shanba kuni soat 01:59 harakatlangan poyezd Toshkent shahriga yakshanba kuni soat 05:00 da yetib keladi.

"Xudo bergan joy" - o‘zbekistonliklar Issiq-Ko‘lga poyezdda borishlari mumkin bo‘ladi >>>

Toshkent – Bishkek – Baliqchi (Issiq-ko‘l) yo‘nalishida xalqaro yo‘lovchi poyezdida yo‘lovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Vagonlar shinam va yorug‘, sovutish tizimlari bilan jihozlangan. Restoran vagonda sayyohlar va yo‘lovchilar uchun salqin ichimliklar mavjud bo‘lib, tansiq taomlar ham tayyorlanadi.

Yangiliklar lentasi
0