Temir yo‘l vokzallarida qaysi xizmatlar bepul hisoblanadi?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVokzal "Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii
Vokzal Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Reklama, yuklarni o‘rash hamda saqlash, “VIP” zal, sartaroshxona hamda boshqa xizmatlar pullik asosida ko‘rsatilishi mumkin.

TOShKENT, 17-may - Sputnik. Temir yo‘l vokzallaridagi bepul xizmatlar turlari aniqlashtirildi. Bu haqda  Monopoliyaga qarshi qo‘mitaning matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish Qoidalariga muvofiq vokzallarda va chipta kassalarida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan, chiptalar sotilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan xizmatlar uchun barcha turdagi qo‘shimcha yig‘imlarni undirish, monopoliyaga qarshi kurashish organi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Zal ojidaniya vokzala Tashkent-Yujniy - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent temir yo‘l vokzallarida bepul Wi-Fi xizmati tashkil etildi

Temir yo‘l vokzallarida va chipta kassalarida ko‘rsatilayotgan pullik hamda bepul xizmatlarni ajratish maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda yo‘lovchilarga temir yo‘l vokzallarida hamda yo‘nalish davrida ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar Ro‘yxatini tasdiqladi.

Ro‘yxatga ko‘ra, yuk tashish aravachasini taqdim etish, kutish zalidagi WiFi internet (2 soatgacha), nogironlar uchun arava, telefon hamda noutbuklarni quvvatlantirish, shuningdek tibbiyot markazi hamda biblioteka xizmatlari, yo‘nalish davrida choy, suv, shakar hamda qahva taqdim etish bepul bo‘lishi lozim.

Reklama, yuklarni o‘rash hamda saqlash, “VIP” zal, sartaroshxona hamda boshqa xizmatlar pullik asosida ko‘rsatilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0