SSV O‘zbekistonda meningit avj olgani haqidagi xabarlarni rad etdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi.
Avtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi vaqtlarda turli ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizda aholi o‘rtasida meningit kasalligi keng tarqalganligi haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Ushbu holat bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan joylardagi vaziyat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

TOShKENT, 14 mar - Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda meningit epidemiyasi avj olgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabatini bildirdi, deb xabar qilmrqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Elmira Basitxanova, zamestitel ministra zdravoxraneniya - Sputnik O‘zbekiston
Basitxanova shifokor siri, abort masalasi va "probirkadan" olinadigan bolalar haqida

Sal oldin ijtimoiy tarmoqlarda 21 yoshli fuqaro meningit xastaligidan vafot etgani haqida xabar tarqalgan edi. Sababi esa tibbiy yordamga kech murojaat etganligi bilan bog‘liq.

"Bu kasallik mavsumiy bo‘lib, respublikada uchrab turadi va har yili 5 tadan 10 tagacha qayd etilishi mumkin. Joriy yilning o‘tgan davrida hammasi bo‘lib, 17 nafar fuqaro ushbu kasallikda gumon qilingan. Ularning 6 nafarida laboratoriya tekshiruvi orqali kasallik tasdiqlangan. Ayni paytda o‘tkir respirator kasalliklar ya’ni, faringit, nazofaringit kabi xastaliklarga chalingan fuqarolar orasida kasallikni erta aniqlash bo‘yicha tibbiyot xodimlarining xushorligi oshirilgan. Olib borilgan sa’y-harakatlar tufayli ushbu holat  Sog‘liqni saqlash vazirligining to‘liq nazorati ostida. Eng muhimi, meningit aholi o‘rtasida keng tarqalmagan, epidemik vaziyat barqaror", - deyiladi vazirlik xabarida.

Aslida ushbu xastalikning erta bahor mavsumida uchrab turishi tabiiy jarayon bo‘lib, shu kunlarda aksariyat Yevropa va O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan davlatlarda bir necha yuzlab odamlarda ushbu kasallik qayd etilmoqda.

7-milliardniy jitel Zemli rodilsya v Kaliningrade - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bolalari orasida qanday kasalliklar ko‘p uchraydi?

"Ma’lumki, ko‘pgina kasalliklar qish fasli tugab, bahor mavsumi kirib kelishi bilan avj oladi. Shu bois Sog‘liqni saqlash vazirligi kasalliklarning mavsumiy ko‘tarilish davri ekanligini hisobga olgan holda, aholidan o‘z sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishlarini, meningit va shu kabi kasalliklar belgilari, ya’ni, tana haroratining ko‘tarilishi, kuchli bosh og‘rig‘i, qayt qilish, tomoqda achishish singari klinik belgilar kuzatilgan holatlarda darhol tibbiyot xodimlariga murojaat etishlarini so‘rab qoladi", – deydi vazirlik bosh epidemiologi, Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori Nurmat Atabekov.

Shu o‘rinda u meningit xavfli kasallik emasligini qo‘shimcha qiladi. Agar u ilk bosqichlarda aniqlansa, ushbu xastalikdan oson forig‘ bo‘linadi. Shuning uchun aholining bundan xavotirga tushishiga xojat yo‘q.

Meningit xastaligi kuzatilganda, birinchi navbatda, qanday choralarni ko‘rishi kerak?

Meningitning klinik belgilari kuzatilganda, avvalo, tezkorlik bilan shifokorga murojaat qilishi zarur. Aslo o‘zicha davolanishga harakat qilmasligi, o‘tib ketar deya befarq bo‘lmasligi lozim, deydi Sog‘liqni saqlash bosh infeksionisti, Respublika virusologiya ilmiy-tekshirish insitutiti direktori Erkin Musaboyev.

Deti v meditsinskix maskax - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bolalarda allergik kasalliklarni aniqlash uchun umumdavlat aksiyasi o‘tkaziladi

Shifokor profilaktika maqsadida tavsiya etgan antibakterial dori vositalarini belgilangan miqdorda va o‘z vaqtida iste’mol qilishga qat’iy rioya etishi talab qilinadi.

Imkon qadar statsionar sharoitda davolanish tavsiya etiladi. Yoki bo‘lmasa, bemorni shifokor tavsiyasi bilan alohida xonaga o‘tkazish, ishga, maktabga, umuman olganda, jamoat joylariga bormasligi, jamoat transportidan foydalanmasligi kerak. Bu choralar kasallikning sog‘lom odamga yuqushining oldini olishda juda muhim. Chunki, meningit bir odamdan boshqa odam yuqqani sari kuchayib boradi. Shu bois imkon qadar yuqush ehtimoli bo‘lgan har bir holatning oldini olishga harakat qilishimiz talab etiladi. Yana bir muhim jihat, yashash joylarning havosini muntazam almashtirish, xonani tez-tez artib-tozalash miningit kasalligining oldini olishda juda muhim o‘rin tutadi.

Yangiliklar lentasi
0