"O‘zbekiston avialiniyalari"da chiptalar narxi oshadi. Nega?

© Press-slujba aviakompaniiSamolet aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolet aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aviakompaniya xabariga ko‘ra, Pokiston o‘z osmonini yopgach, xarajatlar miqdori ikki karra ortgan. Ushbu munosabat bilan aviachiptalar narxi qimmatlashi kutilmoqda

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Uzbekistan Airways kompaniyasi chiptalar narxi qimmatlashuvi bilan bog‘liq masalani hal etmoqda. RIA Novostining MAK vakiliga tayanib xabar berishicha, ushbu chora Pokiston osmonida tranzit parvozlar yopilgach, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari yo‘nalishida parvoz sarf-xarajatlari ikki karra oshishi kutilayotgani bilan bog‘liq.

Mesto krusheniya indiyskogo samoleta v Kashmire. 27-fevralya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Pokiston Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirdi

Pokiston fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi 27-fevral kuni tijorat reyslari uchun mamlakat havo sarhadi yopilishini e’lon qilgan edi. Bu bayonot mojaroli Kashmir regionida mamlakat havo hududini buzgan ikkita hind harbiy samolyotlari Pokiston armiyasi tomonidan urib tushirilgach aytilgan edi.

O‘sha vaqtdan buyon Pokiston osmoni uzra parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha cheklovlar bir necha bor qayta uzaytirildi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" vakili tranzit parvozlarning ta’qiqlanishi borasidagi holatga izoh berar ekan, Hindiston hamda Janubi-Sharqiy Osiyo - Bangkok, Kuala-Lumpur mamlakatlari bilan muammo mavjudligini aytdi.

Aynan shu yo‘nalishlarda harajatlar ikki karra oshgan.

Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, Janubi-Sharqiy yo‘nalishda "uchish soati" deyarli bir yarim barobar, Hindistonga esa - ikki barobar oshgan, bu esa qo‘shimcha yoqilg‘i xarajatlariga olib kelgan.

Samolyoti F-16 - Sputnik O‘zbekiston
Vaziyat keskinlashmoqda: Hindiston Pokistonning qiruvchi samolyotini urib tushirdi

"O‘zbek avialiniyalari" haftasiga Hindiston shaharlariga 11ta reyslarni, Janubi-Sharqiy Osiyoga esa 7ta reyslarni amalga oshiradi. "O‘zbek avialiniyalari" samolyotlari Pokiston hududini Turkmaniston va Eron havo bo‘shlig‘i orqali aylanib o‘tishga majbur bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, xudkush-terrorchi o‘zini Hindistonning Jammu va Kashmir okrugidagi harbiylashgan politsiya kolonnasi yonida portlatgach, 14-fevraldan so‘ng Hindiston va Pokiston munosabatlarida keskin inqiroz yuz bergan edi.

Ushbu terakt qurbonlari soni 45 nafarni tashkil etdi. Hindiston Pokistonni terroristik uyushmalarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi, Islomobod bu ayblovlarni "asossiz", deb rad qildi va Nyu-Dehliga yuz bergan hodisani birgalikda o‘rganishni taklif etdi.

Yangiliklar lentasi
0