Forbes dunyo boylari reytingini e’lon qildi: kim ular?

© Sputnik / Roman Galkin / Mediabankka o‘tishPered vxodom v punkt obmena valyuti
Pered vxodom v punkt obmena valyuti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koinotning eng boy kishisi kelgusi reytingda ajrashuv jarayoni tufayli birinchilikni o‘zida saqlab qololmasligi mumkin

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Amerikaning Forbes moliya-iqtisod jurnali 2019-yilning eng boy erkaklari va ayollari reytingini aniqladi.

Shavkat Mirziyoyev ishtixonlik dehqon Toshquvvat Rajabov xonadonida bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev dehqon bilan suhbatda boy bo‘lish sirini aytdi

Amazon onlayn-riteyleri rahbari va asoschisi Jeff Bezos dunyoning eng boy kishilari ro‘yxatida yetakchi pozitsiyani saqlab qoldi. U o‘z boyligini bir yil ichida 19 millard dollarga ko‘paytirishga muvaffaq bo‘lgan. U 2018-yil mart oyida Microsoft kompaniyasi asoschisini ortda qoldirib, Forbes reytingining birinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan.

Bugungi kunda Bezos boyligi 131 milliard dollarga baholanmoqda. (o‘tgan yil 112 milliar bo‘lgan). 2018-yil sentabrida Amazon moliyalashtirilishi bir trillion dollarga yetgach, riteyler aksiyalari 22%ga arzonlashgan, deb yozadi Forbes. Shu bilan birga kompaniyaning qimmatbaho qog‘ozlari bir yil oldingiga nisbatan qimmat narxlanmoqda.

Tadbirkorlar - koinot boylari etib tan olindi>>>

Jurnalda yozilishicha, bor masala Bezos, 2020-yilda reyting birinchiligini saqlab qola olish-olmasligida. Yanvar oyida Amazon rahbari va uning rafiqasi Makkenzi ajrashuv haqida e’lon qilishgan. Ajrashuv jarayoni Vashingtonda kechadi, mahalliy qonunlarga ko‘ra, nikoh shartnomasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, barcha mol-mulk teng bo‘linadi. Agar Makkenzi Bezos oila kapitalining teng yarmini qo‘lga kiritsa, u koinotning eng badavlat ayoli ro‘yxatiga yetakchilik qilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Forbes.

Joriy yilda koinotning eng boy xonimi sifatida L`Oreal kosmetika imperiyasi merosxo‘ri Fransuaza Betankur-Mayers tan olingan. Ayol davlati 49,3 milliard dollarga baholanmoqda. Koinotning eng boy kishilari umumiy reytingida u 15-o‘rinni egallagan. Nashrning yozishicha, to‘liq ro‘yxat bugun, ya’ni 5-mart kuni chop etiladi.

Alibaba Group direktori Djek Yun Ma - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyning eng boy odami Tramp bilan uchrashdi

Betankur-Mayers L`Oreal 1997-yildan kompaniya boshqaruv a’zosi hisoblanadi. U soch bo‘yog‘i ixtirochisi va kompaniya asoschisi Ejen Shullerning yagona nabirasi, Lilian Betankurning yagona qizidir.

"Mayers iva uning yaqin qarindoshlari  L`Orealning 33%iga egalik qilishadi", - deb yozadi jurnali.

O‘tgan bir yil ichida ayol davlati kompaniya aksiyalari qimmatlashuvi evaziga 7,1 milliard dollarga oshgan.

Mayersning onasi Lilian Betankur ham 1987-yildan reytingga kiritilgan va dunyoning eng boy ayoli reytingini 14-yil davomida - 2001-yilga qadar ushlab turgan. Vafot etgan yili - 2017-yilda ham u ushbu ro‘yxatga yetakchilik qilgan.

Kambag‘allar yanada qashshoqlashdi. Nega?

Yangiliklar lentasi
0