Toyloq hokimi ayolini chet elga yuborib "uy bekasi" bo‘lib o‘tirgan erkaklarni tanqid qildi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSdacha ekzamenov v sentre testirovaniya migrantov
Sdacha ekzamenov v sentre testirovaniya migrantov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bugun xotin-qizlarning xorijda ishlashi degan balo boshimizga soya solyaptiki, uning ortidan qancha-qancha muammolar, dilxiraliklar kelib chiqmoqda Tog‘ni ursa talqon qilgulik kuchga ega notavonlar xotini yuboradigan pulga ko‘z tikib o‘tirishibdi. Ayting, ularning oilasi oldidagi burchi, or-nomusi, g‘ururi qayerda qoldi?! Nahotki, bunday tubanlik bizga yarashsa?!", - deyiladi hokim murojaatida

TOShKENT, 15 okt - Sputnik. Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov tuman aholisiga murojaatida xorijda faoliyat olib borayotgan muxoejir-ayollar masalasini ko‘tardi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Gulsanoy - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘lida go‘dak bilan Moskvada nochor qolgan Gulsanoy vatanga qaytapti

Hokimning murojaati "Xalq bilan muloqot" guruhida e’lon qilingan.

Hokim o‘z murojaati avvalida bugungi kunda mamlakatda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida "xalq xo‘jaligining barcha jabhalarida, iqtisodiyotda, ichki va tashqi siyosatda misli ko‘rilmagan hayotbaxsh islohotlar" amalga oshirilayotganini qayd etgan va mazkur o‘zgarishlar jarayonida faqatgina davlat hokimiyati organlari, korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari-yu xodimlarigina emas, barchamiz, shu jumladan, mehnat faxriylari, hoji ota, hoji onalar, keng jamoatchilik, hatto, uy bekalari ham faol ishtirok etib, unga munosib hissa qo‘shishlari shart, deya ta’kidlagan.

Hokim o‘z murojaatida chet ellarda ishlayotgan ayollar masalasinini ham ko‘targan.

"Bugun xotin-qizlarning xorijda ishlashi degan balo boshimizga soya solyaptiki, uning ortidan qancha-qancha muammolar, dilxiraliklar kelib chiqmoqda. Ba’zi oriyatsiz erkaklar ayollarini chetga ishlashga jo‘natib, o‘zlari uy "sohibasi" bo‘lib o‘tirishibdi. Tog‘ni ursa talqon qilgulik kuchga ega notavonlar xotini yuboradigan pulga ko‘z tikib o‘tirishibdi. Ayting, ularning oilasi oldidagi burchi, or-nomusi, g‘ururi qayerda qoldi?! Nahotki, bunday tubanlik bizga yarashsa?! Chet elda yashab, ishlab yurgan opa-singillarimiz, u yerdagi yengil-yelpi hayotga uchib, oilasidan, bolalaridan voz kechib ketish holatlarini qanday izohlaymiz? Xonadonning farishtasi bo‘lishga munosib onalarimizning beshikdagi emizikli go‘dagini tashlab, boylik izlab yurishi fojia emasmi? Buning natijasida oilaviy ajrimlar soni ortib, xonadonlar bekasiz, farzandlar qarovsiz qolmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 9 oyi davomida tumanimizda er-xotin o‘rtasidagi ajrimlar soni 181 taga yetgan. Shuningdek, hozirgi kunda 4650 nafar xotin-qizlarimiz ishlash maqsadidaketgan bo‘lib, shundan 1851 nafari Turkiya davlatida, 1307 nafari Rossiya federatsiyasida, 230 nafari Isroilda, 195 nafari Koreya mamlkatida, qolgani esa turli o‘lkalarda o‘zga yurtlarda sarson-sargardon yurishibdi.

Gulsanay Madjidova s sinom - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘lida go‘dak bilan Moskvada yolg‘iz qolgan ayolga Qirg‘iziston fuqaroligi berildi

Axir biz, saxovati va bag‘rikengligi bilan yetti iqlimda dovrug‘ qozongan buyuk zotlar avlodi, bitta mayizni qirq bo‘lib yegan ajdodlarning farzandlarimiz-ku! Yo‘qchilik, ocharchilik davrida ham yetimlarni ba²riga olib, boshini silagan, boriga shukr, yo‘g‘iga sabr qilgan xalq zurodlari endilikda o‘z bolasidan yuz o‘girib, norasidalarini tirik yetim qilib tashlab ketmoqda.

Turli sabablarga ko‘ra parokanda bo‘lgan oila farzandlarining kelajagini kim o‘ylaydi? Pushti kamaridan bo‘lgan zurodlariga to‘g‘ri tarbiya berish u yoqda tursin, hatto ularning moddiy ta’minotini o‘ylamay, rizqini qiyayotgan, aliment to‘lashdan bosh tortayotgan kimsalarni qanday ota deb atash mumkin?", - deb yozilgan hokim murojaatida

Bobonazarov tuman aholisini xulosa chiqarishga va ezgu maqsad yo‘lida birlashib, yurtda hukm surayotgan osoyishtalikning qadriga yetib, baxtli yashash uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishga chaqirgan.

Yangiliklar lentasi
0