TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Moskvada yosh bolasi bilan yolg‘iz qolgan o‘zbekistonlik ayol Gulsanoy Majidova Qirg‘iziston fuqaroligini oladi. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev ushbu haqidagi qarorni imzoladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston, Qirg‘iziston ro‘yxatga olish qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Melis Erjigitov xabariga asosan.
Biz Gulsanoy haqida oldin ham xabar bergan edik. Sputnik O‘zbekiston xodimlari unga O‘zbekiston elchixonasidan kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam bergan edi.
Aslida Gulsanoy — O‘zbekiston fuqarosi, uning qo‘lida eski O‘zbekiston pasporti bor. Qonun nuqtayi nazaridan u faqat O‘zbekistonga qaytishi mumkin, lekin O‘zbekistonda uning uyi ham, boradigan joyi ham yo‘q. Taqdir taqozosi bilan uning ota-onasi va barcha qarindoshlari ayni damda Qirg‘izistonda yashaydi. Gulsanoy bo‘lsa, eski o‘zbek pasporti bilan Qirg‘izistonga qayta olmaydi.
Ushbu vaziyatda, Qirg‘iziston rahbariyati tomonidan, barcha rasmiyatchiliklarni chetga surib qo‘yib, Gulsanoyga Qirg‘iziston fuqaroligi berilishi — bu haqiqiy insonparvarlik ishi bo‘ldi.
Moskvada, bir necha oydan beri, quruvchilar vagonchasida yolg‘iz yashab kelgan Gulsanoy, vanihoyat, ota-onasi oldiga eson-omon qaytib boradi, deb umid qilib qolamiz.