Norboyevadan keyin Samarqand viloyati xotin-qizlar raisi ham "oper voqeasi"ni qoraladi

Obuna bo‘lish
Hali aybi isbotlanmagan kishiga, eng yomoni, xotin-qizga nisbatan qilingan bu xatti-harakat millatimiz sha’niga dog‘ bo‘lib tushdi, deb hisoblaydi Samarqand viloyati xotin-qizlar raisi Hamrotosh Shodiyeva

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Samarqand viloyati xotin-qizlari qo‘mitasi raisi Kattaqo‘rg‘on shahridagi voqeadan afsusdaligini bildirdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Uzbekskiy militseyskiy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV nopok operning hatti-harakatlariga munosabat bildirdi
"Ma’naviyat, ilm-ma’rifat, madaniyat sohalarida nafaqat viloyat, balki Respublikamizda o‘ziga xos o‘rni va mavqeyiga ega bo‘lgan Kattaqo‘rg‘on, uning xalqi, ayniqsa xotin-qizlari bunday munosabatga mutlaqo loyiq emas edi.

Voqea har tomonlama o‘rganilmoqda, ayol bilan esa shaxsan suhbat qurildi. U ruhan tushkunlikka tushmagan, qonun ustuvorligiga ishonadi.
Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilayotganligi sababli voqea tafsilotlariga batafsil to‘xtalmaymiz.

Ammo, shunisi aniqki, aybdorlar qonun doirasida o‘z jazosini oladi. Hali aybi isbotlanmagan kishiga, eng yomoni, xotin-qizga nisbatan qilingan bu xatti-harakat millatimiz sha’niga dog‘ bo‘lib tushdi.

Ushbu voqea o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishda nafaqat xotin-qizlar o‘rtasida, balki jamiyatimizda hali ko‘p ishlar amalga oshirilishi kerakligini ko‘rsatib berdi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, qo‘mita raisi Hamrotosh Shodiyeva voqea yuzasidan aniq dalillar asosida munosabat bildirishga va’da bergan.

Ilgariroq O‘zbekiston Xotin-qizlar raisi Tanzila Norboyeva ham "nopok oper" hodisasiga o‘z munosabatini bildirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0