O‘zbekiston davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot ko‘rib chiqildi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat budjeti 337,3 mlrd. so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilgan.

TOShKENT, 1-iyun. 2018-yil 31-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining axborot xizmati xabariga asosan.

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 33 milliard so‘m mablag‘ noto‘g‘ri sarflanganligi aniqlandi

Deputatlar O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2017-yilgi hamda 2018-yilning birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqdilar.

Majlisda valyuta siyosatini liberallashtirish va tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, uning eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarni yaratish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilayotganligi ta’kidlanib, bularning natijasida 2017-yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining 5,3 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi – 7,0 foiz, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 2,0 foiz, xizmatlar  – 8,9 foiz hamda qurilish – 5,6 foizga o‘sishi ta’minlanganligi qayd etildi. 

Nalogi. Rascheti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-iyulga qadar butunlay yangi Soliq kodeksi ishlab chiqiladi

Shu bilan birga, tushumlar barqarorligiga erishilganligi hamda budjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlash orqali Davlat budjeti 337,3 mlrd. so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilgan.

Hisobot davrida Davlat budjeti xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligi ta’minlanib, hukumat tomonidan asosiy e’tibor budjet xarajatlarining samaradorligini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlarning sifatini oshirish, birinchi darajali to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni to‘liq va o‘z vaqtida moliyalashtirish hamda budjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish borasida qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, bugun hayotga joriy etilayotganligi, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining belgilangan parametrlar doirasida ijro etilishida asosiy omil bo‘lganligi qayd etildi.

Kupuri nomiralom patdesat tisach sum - Sputnik O‘zbekiston
Xorazmda budjet tashkilotlari oyliklari to‘lanishi vaqti nazoratga olindi

Chunonchi, ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjeti xarajatlarining 55,2 foizi miqdorida mablag‘ sarflandi. 

Taqdim etilgan hisobotlar deputatlar va senatorlar tomonidan joylardagi haqiqiy holatni o‘rganish hamda nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirish jarayonlarida Davlat budjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, hududlarda ijtimoiy infratuzilmani  rivojlantirish borasida hali yechimini kutayotgan masalalar borligiga qaratib, joriy yilning birinchi choragida mahalliy budjetlar daromadiga 874,0 mlrd. so‘m qo‘shimcha tushgan mablag‘larni aynan shu masalalarni hal etishga yo‘naltirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi taklifni ilgari surdilar.

Yangiliklar lentasi
0