Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan o‘zgartirmoqda

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TIV Diplomatik servis xizmati negizida Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish burosi tashkil etiladi. Shuningdek xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar bo‘limi ham tashkil etilmoqda

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida qator boshqarmalar tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi Farmonda aytib o‘tilgan.

MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston TIV va MDXMI kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida:

a) Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi va uning tuzilmasiga kiruvchi:

Xorijiy investitsiyalar va moliyaviy-texnikaviy ko‘mak vositalarini jalb qilish boshqarmasi;

Eksport va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish boshqarmasi;

Hukumatlararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi;

Turizmni rivojlantirish sohasidagi xalqaro hamkorlik boshqarmasi;

b) Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati negizida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi;

v) Konsullik boshqarmasi negizida Konsullik-huquq departamenti;

Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
TIV Konsullik boshqarmasiga murojaatlar soni ikki baravarga oshdi
g) Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar bo‘limi;

d) Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi va uning tarkibida Murojaatlarni qabul qilish sektori (koll-sentr);

e) Diplomatik servis xizmati negizida Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish burosi;

j) "Jahon" axborot agentligi negizida "Dunyo" axborot agentligi va Media-markaz;

z) Tarjimonlar burosi;

i) Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi negizida Tahlil va prognozlashtirish markazi;

k) Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0