Ilgari Koreyada ishlab qaytganlar uchun may oyida test sinovlari o‘tkaziladi

© Sputnik / Aleksandr Pogotov / Mediabankka o‘tishMigranti vo vremya ekzamenatsionnogo testirovaniya
Migranti vo vremya ekzamenatsionnogo testirovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Inson resurslarini rivojlantirish xizmati Erkin yollash tizimi bo‘yicha o‘tkaziladigan komputer test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlargina Koreya ma’lumotlar bazasiga kiritiladi

TOShKENT, 20 mar – Sputnik. Koreya Respublikasida shartnoma asosida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli bitirib qaytib kelgan fuqarolar 4-may kunidan boshlab bo‘lib o‘tadigan test sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatga olinadi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Inson resurslarini rivojlantirish xizmati Erkin yollash tizimi bo‘yicha o‘tkaziladigan komputer test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlargina Koreya ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.

Goroda mira. Seul - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreyaga ishga boradigan o‘zbekistonliklar uchun kvotalar soni ko‘paytiriladi

Ro‘yxatdan quyidagi talablarga javob beradigan fuqarolar o‘tishlari mumkin:

2010 yil 1-yanvardan keyin Koreya Respublikasidan qaytib kelgan fuqarolar, yoshi 18 dan 39 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar (1978 yil 30-martdan 2000-yil 29-martgacha oralig‘ida tug‘ilganlar), muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilmagan, Koreyadan deport qilinmagan yoki deport qilinganligi to‘g‘risida buyrug‘i bo‘lmagan, Koreyada doimiy yashash va ish joyini tashlab ketish maqsadi bo‘lmagan fuqarolar.

Shuningdek, E-9 va E-10 vizalari bo‘yicha Koreyada 5-yillik yoki undan ko‘p muddatli istiqomat qilmagan shaxslar

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shartlarga to‘liq mos kelgan fuqarolar 2018-yil 24 va 26-mart kunlari viloyatlarda joylashgan “Milliy bank”ning markaziy shaxobchalari orqali Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Milliy bank bosh amaliyot bo‘limidagi maxsus hisob raqamiga 30 AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ning so‘mdagi qiymatini to‘lov kunidagi Markaziy bank rasmiy kursi bo‘yicha to‘lashlari lozimligi bildirilgan.

To‘lov maqsadida har bir fuqaro o‘zining ism-familiyasini to‘g‘ri, to‘liq hamda pasport seriyasi va raqamini to‘liq ko‘rsatishlari talab etiladi.

Zarubejnie strani: Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Koreyada ishlab O‘zbekistonga qaytganlar Migratsiya agentligiga kelishlari so‘ralmoqda

24 va 26-mart kuni belgilangan to‘lovni amalga oshirgan fuqarolar ro‘yxati Milliy bank tomonidan taqdim etilganidan so‘ng ular onlayn ro‘yxatga olish jarayonida qatnashish huquqiga ega bo‘lishlari mumkin.

Koreya tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatga asosan 28-mart soat 9dan 29-mart soat 18ga qadar Agentlikning rasmiy wyeb sayti www.migration.uz orqali onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Qayd etilgan sanadan boshqa kunlari ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati mavjud emas.

Ro‘yxatdagi fuqarolar o‘z ism sharifi ustiga tugmachani bosib sahifada majburiyat bilan tanishib, rozilik bildirib tasdiqlagan taqdirda, onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Testga kirish uchun ruxsatnoma raqamini olgan fuqarolar uchun 4-maydan boshlab test sinovlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Agentlik Erkin yollash tizimi bo‘yicha yuzaga kelgan holatiga ko‘ra test sinovlari dasturiga o‘zgartirish kiritilishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Bo‘lib o‘tadigan test sinovlar vaqti va tartibi to‘g‘risida qo‘shimcha e’lon beriladi.

Yangiliklar lentasi
0