Toshkentda 8-mart bayramiga bag‘ishlab "Amerika film festivali" o‘tkazilmoqda

© Posolstvo SShA v UzbekistanePosol SShA v Uzbekistane Pamela Spratlen
Posol SShA v Uzbekistane Pamela Spratlen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha filmlar uchun chiptalar bepul bo‘lib, ularni Toshkent shahar Bobur ko‘chasi 6-uyda joylashgan "NEXT Cinema" kassalaridan olish mumkin. Bir kishi bir kunda ikkita bepul chipta olsa bo‘ladi

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Ayollar tarixi oyligini boshlash hamda Xalqaro xotin-qizlar kunini munosib nishonlash maqsadida AQSh elchisi Pamela Spratlen "Mega Trade Communication" kompaniyasi direktori Mixail Davidkin bilan birgalikda Toshkentdagi "NEXT Mall" kinoteatrida ayollarga bag‘ishlangan "Amerika film festivali"ni ochib berdi, deb xabar qildi Toshkentdagi AQSh elchixonasi matbuot-xizmati.

Zdanie posolstva SShA v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
"Vijdon tutqunlarini ozod etayotgan prezident Mirziyoyevni qutlaymiz" - AQSh elchixonasi
Filmlar festivali "NEXT Cinema"da 1-martdan boshlab Xalqaro xotin-qizlar kuni 8-martga qadar davom etadi. 2-8 mart kunlari soat 10:00 dan 22:00 gacha kinoteatrda oltita xilma-xil film ko‘rsatiladi. Filmlarda ayollarning jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi ko‘pincha bee’tibor qoldirilishi e’tirof etilgan. AQSh elchixonasi filmlarni asliyatda, ya’ni ingliz tilida tomoshabinlar e’tiboriga havola etadi, ularda aql-zakovat, jasorat va tirishqoqlik singari eng yaxshi g‘oyalarni, oliy maqsadni o‘zida jamlagan real amerikalik ayollarning qat’iyati o‘z aksini topgan.

"Bunday oliy maqsadni ko‘zlash faqatgina amerikalik ayollarga xos emas. O‘tgan uch yil mobaynida men birga ishlagan o‘zbekistonlik xotin va qizlar ham zakovat, mardlik, ijodkorlik va qat’iyat kabi muhim, ajoyib sifatlarni o‘zida namoyon etadi",- deya ta’kidladi elchi Spratlen xonim.

Amerika filmlari festivali Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi madaniy aloqalarni kengaytirish, shuningdek, ingliz tilini bilish darajasini oshirishga qaratilgan. Filmlarda bosh rolni ijro etgan ayollar ilmu fan, matematika, atrof-muhitni muhofaza qilish, biznes va sanoat, ta’lim va sport sohalarida erishgan yutuqlari bilan ajralib turadi.

Festival jamoatchilik, talabalar va mahalliy tashkilotlar vakillari uchun ochiqdir. Barcha filmlar uchun chiptalar bepul bo‘lib, ularni Toshkent shahar Bobur ko‘chasi 6-uyda joylashgan "NEXT Cinema" kassalaridan olish mumkin. Bir kishi bir kunda ikkita bepul chipta olsa bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0