O‘zbeklar Oksfordda ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi

Obuna bo‘lish
Oksford islom tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg‘inoniy singari allomalar asarlari ingliz va o‘zbek tillarida nashr etiladi. Buyuk Britaniya kutubxonalari va qo‘lozma fondlarida saqlanayotgan O‘zbekistonga oid madaniy meros obyektlari, noyob qo‘lozmalarning nusxalari olinib, tadqiq etiladi

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Oksford islom tadqiqotlari markazi rahbariyati bilan bo‘lgan kelishuvga binoan o‘zbekistonlik islomshunos tadqiqotchilar Oksfordda tahsil olib, ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazadi, deb xabar qildi "Jahon" axborot agentligi.

2017 yilning dekabrida Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizomiy O‘zbekistonga tashrif buyurib, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi va Toshkent islom universitetining Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazida bo‘lib, hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, istiqbolda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish taklifini bildirgan edi.

Mechet Suzuk-ota v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev islom dini yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy maktablar tashkil etishni taklif qildi
Yaqinda O‘zbekistonning  yetakchi islomshunos olim va tadqiqotchilaridan iborat delegatsiya Buyuk Britaniyaga safar qildi.

Oksford islom tadqiqotlari markazi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda hamkorlik rejalari, amalga oshiriladigan ilmiy loyihalar muhokama etildi. Kelishuvga binoan o‘zbekistonlik islomshunos tadqiqotchilar Oksfordda tahsil olib, ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazadi. Oksford islom tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg‘inoniy singari allomalar asarlari ingliz va o‘zbek tillarida nashr etiladi. Buyuk Britaniya kutubxonalari va qo‘lozma fondlarida saqlanayotgan O‘zbekistonga oid madaniy meros obyektlari, noyob qo‘lozmalarning nusxalari olinib, tadqiq etiladi.

Farhan Nizomiy prezident Shavkat Mirziyoyevning ma’rifiy islomni o‘rganish va targ‘ib etish haqidagi takliflarini yuqori baholashini, ta’kidlagan. "Oksford islom tadqiqotlari markazi O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan markazlarning Yevropa va Amerikaga chiqishi uchun vositachi bo‘lishga tayyor", — deb qo‘shimcha qilgan olim.

Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva vo vremya poslaniya Oliy Majlisu - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev yopiq eshiklar ortida saqlanayotgan noyob boyliklar haqida gapirdi
Shuningdek, Buyuk Britaniyaning qadimiy Bodlean kutubxonasi, Seynt Jons kolleji, Fan tarixi muzeyi, Ashmolean muzeyida uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan. Seynt Jons kollejida saqlanayotgan qadimiy qo‘lozma manbalar orasida Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy", Mirzo Ulug‘bek yozgan "Ziji Ko‘ragoniy" asarlarining nodir nusxalari saqlanmoqda. Kelajakda O‘zbekistondan Oksfordga boradigan mutaxassislar bu manbalarning fotonusxalarini olish va tadqiq etish bilan shug‘ullanadi, — deyiladi xabarda.

O‘zbekistonga oid xorijda saqlanayotgan madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi taklifiga asosan Oksforddagi Fan tarixi muzeyi direktori doktor Akkerman bilan muzey fondida saqlanayotgan nodir ekcponat — Mirzo Ulug‘bek globusining nusxasini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Yangiliklar lentasi
0