Samarqand viloyatida nomusga tegish kamaydi, qotillik oshdi

© AP Photo / Mikhail MetzelUzbekskie militsioneri
Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand shahri va Samarqand, Past Darg‘om, Narpay, Toyloq, Oqdaryo, Urgut va Qo‘shrabot tumanlarida qotillik jinoyatlari ortganligi jiddiy tanqid qilindi

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Samarqand viloyati hokimligida hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish respublika komissiyasi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Odin iz shiroko rasprostranennix sposobov samoubiystva – prijok s visoti - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatida yil boshidan 359 kishi o‘z joniga qasd qilishga uringan
Yig‘ilishda mamlakat Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva, xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, viloyatda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar 7,9 %, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar 2,7 %, bosqinchilik 18,5 %, nomusga tegish 16,4 % va bezorilik 20,8 %ga kamaygan. Shuningdek, ayollar, yoshlar va muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning kamayishi kuzatilgan.

Ammo Bulung‘ur, Qo‘shrabot, Oqdaryo, Paxtachi, Past Darg‘om va Jomboy tumanlarida bu kabi jinoyatlar sezilarli ravishda oshgan. Viloyat bo‘yicha og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar 31,5, o‘g‘irlik 10,1, firibgarlik 8,4, talonchilik 50, transport vositasini olib qochish 17,4, guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 7,8 foizga ko‘paygan.

Xavfsiz hudud posbonlari - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda «Xavfsiz hudud posbonlari” jamoatchilik tuzilmasi tashkil etildi
Yig‘ilishda Samarqand shahri va Samarqand, Past Darg‘om, Narpay, Toyloq, Oqdaryo, Urgut va Qo‘shrabot tumanlarida qotillik jinoyatlari ortganligi jiddiy tanqid qilindi.

Shuningdek, viloyatda tezkor-qidiruv bo‘yicha chora-tadbirlar yetarli darajada amalga oshirilmagan. Sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 22,6, jinoyat-qidiruv yo‘nalishidagi jinoyatlarning 32,6 %i fosh etilmagan. Qidiruv tadbirlari samarali tashkil etilmaganligi sababli ichki ishlar organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxslarning 34,9 %i ushlanmagan.

Yig‘ilishda viloyat ichki ishlar, sog‘liqni saqlash va xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlarining axborotlari tinglandi va ishtirokchilar tomonidan muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0