Samarqand viloyatida yil boshidan 359 kishi o‘z joniga qasd qilishga uringan

© Foto : Prokazan.ruOdin iz shiroko rasprostranennix sposobov samoubiystva – prijok s visoti
Odin iz shiroko rasprostranennix sposobov samoubiystva – prijok s visoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahalliy hokimliklar, ichki ishlar idoralari, prokuratura hamda mutasaddi idoralar fuqarolar o‘z joniga qasd qilishining oldini olish borasida aholi o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari lozim darajada olib borilmayotganligi ta’kidlanmoqda

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Samarqand viloyatida yil boshidan buyon 359 kishi o‘z joniga suiqasd qilgan, buning oqibatida 169 nafar shaxs hayotdan ko‘z yumgan, deb yozadi "Zarafshon" nashri.

Nashrning yozishicha, bu holatlarning yuzaga kelishiga mahalliy hokimliklar, ichki ishlar idoralari, prokuratura hamda mutasaddi idoralar tomonidan fuqarolarning o‘z joniga qasd qilishining oldini olish borasida aholi o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot tadbirlarini lozim darajada olib bormayotganligi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Xabarda shuningdek, viloyatda og‘ir turdagi jinoyatlar soni ko‘payib ketganligi qayd etilgan.

"Samarqand viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi va hokimiyat organlari hamda boshqa mutasaddi idoralar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish borasida bir muncha ishlar amalga oshirilib, joriy yilning o‘n oyida umumiy jinoyatchilik (6068 ta) o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 90 ta (1,5 foiz)ga kamaygan bo‘lsa-da, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar, qasddan odam o‘ldirish, o‘g‘rilik, talonchilik, firibgarlik ko‘payganligi qayd etildi. Bu kriminogen vaziyatni izdan chiqaruvchi va aholini vahimaga soluvchi ushbu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish ishlari yetarli samara bermaganligini ko‘rsatmoqda.

Jinoyat sodir etgan 6697 nafar fuqaroning 127 nafari voyaga yetmaganlar, 780 nafari ayollar, 1550 nafari o‘qimaydigan va ishlamaydigan shaxslar ekani aholi o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish, bandlik masalalarida huquq-tartibot idoralari bilan birga boshqa davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorlikdagi faoliyati talab darajasida emasligidan dalolatdir", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0