O‘zbekistonda ilk bor Qur’oni Karim qiroati bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi

© Sputnik / Askarov DilshodbekFestival Korana v Moskve
Festival Korana v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qur’on musobaqasida ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 2018-yil 1-yanvaridan boshlab 10-yanvarigacha davom etadi

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yilning birinchi yarmida Qur’on musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qildi.

Prazdnichnaya molitva v sobornoy mecheti Xazrati Imam - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 1-sentabrda "Hazrati Imom" majmuasida davlat, jamoat va diniy soha xodimlari bilan bo‘lgan uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Islom sivilizatsiyasi markazi birgalikda respublikada ommaviy suratda va turli bosqichlarda Qur’on qiroati musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash 2018-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda Qur’on musobaqasini o‘tkazish belgilab olindi.

Qur’on musobaqasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari va Toshkent islom universiteti talabalaridan tashqari, masjidlardagi imom-xatiblar, imom noiblari hamda Qur’oni karim qiroati bo‘yicha iqtidori bo‘lgan 18-40 yoshdagi barcha erkagu ayol fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Vo vremya slujbi v mecheti. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Qur’onni o‘rganish bo‘yicha pullik o‘quv kurslar ochiladi

Ro‘yxatga olish 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab 10-yanvarigacha davom etadi.

Qur’on musobaqasida ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatlardagi vakilliklariga murojaat qilishlari tavsiya etiladi.

O‘zbekiston qorilari musobaqasini yuqori saviyada, har taraflama manfaatli, xalqaro talablarga javob beradigan tarzda o‘tkazish to‘g‘risida 2017-yil 18-dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi qaror qabul qildi va ushbu musobaqa uchun diniy idora qoshida maxsus hay’at tuzildi.

Yangiliklar lentasi
0