Toshkentda ta’lim olgan imom Qozog‘iston oliy muftiysi etib saylandi

© Foto: muftyat.kzVerxovniy muftiy Kazaxstana Serikby kaji Oraz
Verxovniy muftiy Kazaxstana Serikby kaji Oraz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Almatida Qozog‘iston musulmonlari idorasining navbatdagi VIII qurultoyida mamlakat oliy muftiysi saylandi

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Serikbay hoji Oraz Qozog‘iston oliy muftiysi etib saylandi. Sputnik Qozog‘istonning xabar berishicha, uning nomzodini Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisi Yerjan hoji Malgajiuli taklif etgan.

IX Mejdunarodniy ekonomicheskiy sammit Rossiya — Islamskiy mir: KazanSummit2017. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Tatariston muftiysi: Buxoroda vakillarimiz quvonchdan bolalardek sakrab yuborishdi

Qurultoyda qatnashgan 300 nafar delegat Serikbay hoji Orazning nomzodini bir ovozdan ma’qullagan.

Serikbay Satibaldiuli 1975-yilda tug‘ilgan.

1992 yilda Toshkentdagi madrasani tamomlagan. 1992-yildan 1994-yilga qadar Misrdagi Al-Azhar universitetida o‘qigan. 1995-1996 yillarda Islomobod universitetida ta’lim olgan. 2014-yilda Misrdagi islom madaniyati universitetida o‘qigan. Qustanay muhandislik-iqtisodiyot universitetining menejment yo‘nalishi magistraturasini tamomlagan.

Serikbay hoji Oraz Almati masjidida imom noibi, Islom universiteti rektori, "Hazrat Sulton" masjidining bosh imomi bo‘lib ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0