TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev 2017-yil 9 oyida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi 23 foizga 2,4 milliard dollargacha ko‘paydi, deb xabar qildi RIA Novosti.
"Bugungi kunda Rossiya O‘zbekistonning yetakchi savdo sherigi hisoblanadi. Asosan shu yilda o‘zaro savdoning diversifikatsiyasi hisobiga erishildi", — deb aytdi Turdenev Toshkentda o‘tkazilgan Rossiya-O‘zbekiston hamkorligini rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati chog‘ida.
"Shu yil yakuni bo‘yicha tashqi savdo aylanmasini 5 milliard dollarga ko‘paytirish vazifasi qo‘yilmoqda", — deb qo‘shimcha qildi diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vazifani amalga oshirish uchun Rossiya va O‘zbekiston sheriklarida mavjud bo‘lgan salohiyatdan to‘liq foydalanish va savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni davom ettirish zarur.
Turdenev soddalashtirilgan bojxona rasmiylashtirivi — "yashil yo‘lak" joriy etilishi natijasida Rossiyaga to‘qimachilik mahsulotlari va meva sabzavotlarni yetkazib berish hajmi ko‘payganligiga urg‘u berdi.
Shuningdek, Rossiya elchisi O‘zbekistonga Rossiya mintaqasidagi biznes tashriflar soni sezilarli darajada ko‘payganligini ma’lum qildi. Jumladan, 2017-yil boshidan respublikaga Rossiyaning 29 ta viloyatidan 21 ta biznes tashrifi amalga oshirildi. Ularda 160 dan ortiq Rossiya kompaniyalari qatnashdi. 2016-yilda esa O‘zbekistonga 19 ta tashrif amalga oshirilib, ularda Rossiyaning 23 viloyatidan 122 ta kompaniya ishtirok etgandi.