Rossiya va O‘zbekiston arxiv idoralari mutaxassislari ko‘rgazmaga 200 dan ortiq tarixiy hujjatlarni kiritishdi. Hujjatlarning ko‘pchiligi noyob arxiv hujjatlari hisoblanib, omma e’tiboriga ilk bor taqdim etilmoqda.
Ko‘rgazmani Rossiya Federatsiya Kengashi raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov ochib berdi.
"Bugungi kunda Maxachkalaning obod va manzarali tumanlardan biriga "O‘zbek shaharchasi" degan nom berilgan. Dar haqiqat bizni insonlar taqdirlari tutashib ketganligi bog‘lab turibdi, o‘tmishimiz, bugungi kunimiz va eng asosiysi kelajagimiz umumiydir. Ushbu estafetani yangi avlodlarga yetkazishimiz juda muhim", — deb aytdi Umaxanov.
Tarixiy hujjatlar ko‘rgazmasi bir oy davom etadi.

1/10
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Rossiya Federatsiya Kengashi raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov ko‘rgazma ochilishida nutq so‘zladi.

2/10
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Toshkentda tashkil qilingan tarixiy-hujjatli ko‘rgazma arxiv suratlari.

3/10
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Rossiya va O‘zbekiston arxiv idoralari mutaxassislari ko‘rgazmaga 200 dan ortiq tarixiy hujjatlarni kiritishdi. Ularning ko‘pchiligi omma e’tiboriga ilk bor taqdim etildi.

4/10
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Ko‘rgazmada O‘zbekiston va Rossiya 25-yillik strategik hamkorlik salohiyatini namoyon qiluvchi eng noyob arxiv hujjatlari o‘rin olgan.

5/10
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
1966 yilda Toshkentda ro‘y bergan zilzila oqibatlarini bartaraf etilishi jarayoni.

6/10
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Ko‘rgazma Rosiya davlat iqtisodiyot arxivi, Federal arxiv agentligi va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zarxiv" va kinofotohujjatlar markaziy davlat arxivi hamkorligida tashkil qilinib, ikki davlat diplomatik aloqalarining o‘rnatilishiga 25-yilligiga bag‘ishlangan.

7/10
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Ko‘rgazma ekspozitsiyasi bir nechta bo‘limlarga bo‘lingan: 2017-yil 4-5 aprelda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirilgan davlat tashrifi, siyosiy muzokaralar, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy hamkorlik, madaniy va gumanitar sherikchilik, umumiy tarixning bosqichlari.

8/10
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Ko‘rgazmaning maxsus bo‘limida tarixiy hujjatlar o‘rin olgan. Arxiv hujjatlarida urush yillarda Sovet ittifoqi respublikalaridan minglab aholi O‘zbekistonga evakuatsiya qilinishi, Toshkentda 1966-yilda ro‘y bergan zilzila oqibatlarini umumiy kuch bilan bartaraf etish voqealari aks etgan.

9/10
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Ko‘rgazma ekspozitsiyasi bir nechta bo‘limlarga bo‘lingan: 2017-yil 4-5 aprelda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirilgan davlat tashrifi, siyosiy muzokaralar, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy hamkorlik, madaniy va gumanitar sherikchilik, umumiy tarixning bosqichlari.

10/10
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Ko‘rgazma bir oy davom etadi, O‘zbekiston aholisi ushbu noyob arxiv hujjatlari bilan tanishishlari mumkin.