Kattaqo‘rg‘onlik 23 yashar yigit arzimas sabab tufayli o‘z ayolini bo‘g‘ib o‘ldirdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
10-noyabr kuni Samarqand viloyatida bo‘lgan Mirziyoyev mahalla vakillari, profilaktika inspektorlari "uyma-uy yurdik, oilalardagi ahvolni o‘rgandik", deb soxta hisobot berishlarini, haqiqiy vaziyatdan ularning mutlaqo xabari yo‘qligini aytib, bunday soxta hisobotlar bilan ishlaydiganlar qonun bo‘yicha tegishli jazosini albatta oladi, deb ogohlantirgan edi.

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Kattaqo‘rg‘on tumani Bog‘ot mahallasida hokimlik, huquq-tartibot idoralari, jamoat tashkilotlari vakillari mahalla xonadonlaridan birida yuz bergan mudhish jinoyatni keltirib chiqargan sabablar va uning oqibatlari haqida qishloq ahli bilan suhbatlashdi, dez yozadi "Zarafshon" nashri.

Kelishmovchilik sabablari haqida Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi L.Ubaydullayeva gapirib bergan.

O‘zbek militsionerlari - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatida jinoyatchilikka qarshi kurash kuchaytirildi
"Hayot yo‘llari hamisha ham ravon bo‘lmaydi, oilada ba’zan er-xotin o‘rtasida tushunmovchilik bo‘lib turadi. Shunday paytda er yoki xotindan biri o‘zini jahldan tiysa, yon bossa, olam guliston — birozdan so‘ng yana hech narsa ko‘rmagandek yarashib ketishadi. Ammo bu oilada er-xotin yoshlik qilib, bir-birini tushunishni istamagan. Bir safar bu kelishmovchilik tufayli xotin otasining uyiga arazlab ketganda mahalla-ko‘y aralashib, ularni murosaga keltirgan va kelin eri bilan yashay boshlagan. Lekin oradan ko‘p o‘tmay o‘rtada yana kelishmovchilik boshlangan va shunday janjallarning birida er jahl ustida xotinini bo‘g‘ib, o‘ldirib qo‘ygan. Arzimagan gap-so‘z, bir-birini tushunmaslik oqibatida bitta yosh oila barbod bo‘ldi, endi 23 yoshga kirgan yigit o‘z xotinining qotiliga aylandi. Afsuski, bu faqat shu oilaning emas, butun mahalla-ko‘y, barchamizning fojiamizdir", — degan Ubaydullayeva.

Bu bir mahallada yuzaga kelgan jinoyatni muhokama qilish jarayonida bildirilgan fikr-mulohazalar, chiqarilgan xulosalar, xolos. Bunday ochiq muloqot, samimiy suhbat jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etilmasdan avval, oilada kelishmovchilik yuzaga kelgan vaziyatda o‘tkazilganda, balki ushbu mudhish jinoyatning oldi olinarmidi, deb yozadi nashr.

Yil boshidan buyon Samarqand viloyatida 2 ming 917 oilaviy ajrim qayd etilgan. Bu ajrimlar sababi tahlil etilganda, ularning 58 %i oilaviy kelishmovchilik va nosog‘lom muhit, 7 %i yoshlarning o‘zaro kelishmovchiligi, 5 %i turmush o‘rtog‘ining ichkilik va giyohvandlikka berilgani, 3 %i er yoki xotinning chet elga ishlash uchun ketib qolgani bilan bog‘liq.

Odin iz shiroko rasprostranennix sposobov samoubiystva – prijok s visoti - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatida yil boshidan 359 kishi o‘z joniga qasd qilishga uringan

Eslatib o‘tamiz, 10-noyabr kuni Samarqand viloyati Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektorlari, mahalla vakillari, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan qarayotgani jinoyatlarning oldini olish samarasini pasaytirayotgani haqida ta’kidlagan edi.

Prezident ayollar tomonidan sodir etilgan 436 ta jinoyatning aksariyati oilaviy kelishmovchiliklar oqibatida kelib chiqqani, ayollar tomonidan o‘z joniga qasd qilish darajasi yuqoriligicha qolayotgani haqida gapirib, "Xotin-qizlar qo‘mitasining mas’ul rahbarlari bu raqamlarni qanday izohlaydi?", — degan savolni o‘rtaga tashlagan edi.

"Mahalla vakillari, profilaktika inspektorlari o‘z hududlarida uyma-uy yurdik, oilalardagi ahvolni o‘rgandik, deb hisobot berishadi-yu, lekin haqiqiy vaziyatdan ularning mutlaqo xabari yo‘q, tahlillar jarayonida bu yaqqol ayon bo‘lmoqda", — degan edi prezident va bunday soxta hisobotlar bilan ishlaydiganlar qonun bo‘yicha tegishli jazosini albatta oladi, deb ogohlantirgan edi.

"Prezident siyosatini obro‘sizlantiradigan bunday ko‘zbo‘yamachiliklarga hech qachon yo‘l qo‘yilmaydi", — degan edi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0