TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Toshkent shahar hokimiyati 2017-2019 yillarda 350ta MAN rusumli siqilgan gazda harakatlanuvchi avtobuslar xarid qilishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Bu "Toshshahartransxizmat" avtoparkini yangilash rejasiga ko‘ra amalga oshirilishi kerak. Poytaxt avtoparklariga o‘rta va katta sig‘imdagi mahalliy avtobuslar bilan jihozlanishi rejalashtirilgan.
2017 yilning yanvar oyidan boshlab MAN Auto Uzbekistan qo‘shma korxonasida siqilgan gazda yuruvchi past polli MAN A22 CNG avtobuslarini sotib olish rejalashtirilgan. Ushbu avtobuslar SPG-3 turdagi gaz ballonlari bilan jihozlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning sentabr oyidan buyon ushbu turdagi yo‘lovchi avtobus sinov tariqasida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan edi. Bugungi kunda u 130 ming kilometr masofa bosib o‘tdi. Bugungi kunda uning barcha asosiy agregatlari soz ishlamoqda, avtobus saloni barcha zamonaviy qulaylik va xavfsizlik talablariga javob beradi.
Samarqanddaga MAN Truck and Bus AG O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasida MAN A22 CNG past polli shahar yo‘lovchi avtobuslari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish 2014-yilda boshlangan edi.
Eslatib o‘tvmiz, O‘zbekiston hukumati 2018-yilning 1-fevralidan boshlab siqilgan gazda yuruvchi transport vositalari uchun SPG-2, SPG-3, SPG-4 turdagi gaz ballonlaridan foydalanishni ta’qiqlab qo‘ygan. Faqat MAN A22 CNG avtobuslariga nisbatan ushbu qoida amal qilmaydi. Ularda SPG-3 turdagi britaniyaning Luxfer Group kompaniyasida ishlab chiqarilgan ballonlar o‘rnatilgan.
Umumiy hisobda O‘zbekistonda 2019-yil oxiriga qadar 800 mingdan ortiq avtomobillarni gazga o‘tkazish rejalashtirilgan. Ulardan 712 mingtasi xususiy avtomobillar.