O‘zbekistonda o‘smirlarga energetik ichimliklar sotish taqiqlanadi

© EARL S.CRYER / AFPBanki s energeticheskimi napitkami
Banki s energeticheskimi napitkami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Deputatlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonuniga 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga energetik ichimliklarini sotish hamda soat 7 dan 22 gacha ushbu ichimliklarni reklama qilishni taqiqlash to‘g‘risidagi o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ish olib borilmoqda

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga energetik ichimliklarni sotilishiga taqiq qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Tabletki tramadola - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar sotuvchi yirik guruh qo‘lga olindi

Yangi qonun loyihasi parlamentning quyi palatasi tomonidan ishlab chiqilgan. Qonun amaldagi qonunchilikka bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi.

Xususan, deputatlar "Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi" Qonunni o‘zgartishmoqda. Hujjatning ikkinchi moddasi mazkur yo‘nalishdagi tushunchalar bilan to‘ldiriladi.

Jumladan, deputatlar fikrlariga ko‘ra, energetik ichimliklar — bu alkogolsiz ichimlik bo‘lib, uning tarkibida organizmning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini kuchaytiruvchi, tetiklashtiruvchi kimoviy moddalar mavjud. Ichimliklar turlari ro‘yxati va eng yuqori tarkibi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan aniqlashtiriladi.

Bundan tashqari, qonunning 14-moddasining 5 — qismida quyidagi mazmundagi band bilan to‘ldirish taklif qilinmoqda: "18 yoshga to‘lmagan shaxslarga energetik ichimliklarini sotish taqiqlanadi".

Ushbu mahsulotlar reklamasi sohasida ham tubdan o‘zgatirishlar kutilmoqda

Deputatlar energetik ichimliklarni soat 7 dan 22 gacha elektron shaklda reklama qilishga taqiq kiritish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan bosma nashrlarda, xususan birinchi va oxirgi, teledasturlar chop etiladigan vaqarlarda ichimliklar tovar belgilari va rasmlarini chop etishga taqiq qo‘yiladi. Shuningdek, tibbiyot, sport, maktabgacha va boshqa ta’lim muassasalarida, jamoat transport vositalari salonlarida energetik ichimliklar reklamasini joylashtirish taqiqlanadi.

Rabota farmatsevticheskogo predpriyatiya Oblastnoy aptechniy sklad v gorode Chelyabinske - Sputnik O‘zbekiston
Dori-darmon taqchilligi va uning narxi o‘sishi muammosi hal qilindi

Bu hammasi emas. 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga reklama qilish maqsadida energetik ichimliklarini tekinga tarqatish taqiqlanadi. Tovar belgisi va rasmlarinni qo‘llagan holda voyaga yetmagan shaxslar uchun mo‘ljallangan tadbirlarda himoylik qilishni ham taqiqlash ko‘zda tutilmoqda.

Nihoyat mamlakatda voyaga yetmagan shaxslar o‘rtasida ushbu ichimlik tovar belgisi va nomi chizilgan futbolka, bosh kiyim va turli o‘yin tadbirlarida bepul tarqatish yoki sotish taqiqlanadi.

Ushbu masalada aniqlangan qoidabuzarliklar jazosiz qolmaydi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164 — moddasi yangi jarima miqdori bilan to‘ldiriladi. 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga energetik ichimliklarni sotgan fuqarolarga eng kam oylikning besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga eng kam oylikning yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha jarima qo‘llash taklif qilinmoqda.

Hozirgi vaqtda hujjat muhokama qilish jarayonida bo‘lib, unga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0