Mirziyoyev Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Tkachev bilan hamkorlikni muhokama qildi

© Press-slujba Minselxoza RFMinistr selskogo xozaystva Rossii Aleksandr Tkachev vo vremya vizita v Uzbekistan
Ministr selskogo xozaystva Rossii Aleksandr Tkachev vo vremya vizita v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri prezident Vladimir Putinning topshirig‘iga asosan O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. "Rossiya mamlakatlarimiz o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor", — dedi Mirziyoyev bilan uchrashuvda 25-sentabr kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachev.

Prilavok s masom - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga go‘sht, baliq va kartoshka yetkazib berish hajmini oshiradi
O‘zbekiston prezidenti mehmonni qutlar ekan, yuqori va oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining izchil rivojlanishi va yanada mustahkamlanishiga, turli sohalar, jumladan, qishloq xo‘jaligida o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

Mamlakatlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan "yashil yo‘lak" doirasida Rossiya bozoriga yetkazib berilayotgan ho‘l va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarining turi va hajmi kengayib bormoqda. Rossiya tashkilot va kompaniyalari har yili O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida faol ishtirok etib kelmoqda. Shu oyning boshida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yarmarka yakunida umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq bo‘lgan eksport shartnomalari imzolandi.

Agrosanoat majmuida qo‘shma dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda. Intensiv bog‘dorchilik, issiqxonalar xo‘jaligi, chorvachilikni rivojlantirish, seleksiya va urug‘chilik sohalari shular jumlasidandir. Mamlakatlar ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Sabzavotlar savdosi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya “Yashil yo‘lagi" noyabrda ishga tushadi
Uchrashuvda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish hajmini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish va zamonaviy savdo-logistika infratuzilmasini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Agrar sohada kooperatsiyani kuchaytirish va qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish, jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, urug‘lik va veterinariya preparatlari tayyorlash muhimligi qayd etildi. Malakali mutaxassislar tayyorlash sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.

Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Hukumat raisi Dmitriy Medvedevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Yangiliklar lentasi
0