TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Nyu-Yorkdan Toshkentga qatnayotgan Uzbekistan airways HY 102 reysi texnik sabablarga ko‘ra kechiktirilmoqda, deb xabar qildi "O‘zbekiston havo yo‘llari" matbuot-xizmati.
8 Sentabr 2017, 14:27
"Nyu-Yorkdan uchish 2017-yil 25-sentabr kuni Nyu-York vaqti bilan soat 15.00(Toshkent vaqti bilan yarim tunga, tahr.) ga rejalashtirilgan. Reys bilan bog‘liq o‘zgarishlar sodir bo‘lsa, aviakompaniya qo‘shimcha tarzda xabar qiladi", — deyigan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha hafta muqaddam "Olma-Ota — Toshkent" yo‘nalishida qatnovchi "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK ga qarashli A320 samolyoti buzilib qolganligi tufayli parvoz yetti soatga kechiktirilgan edi.
O‘shanda aviatashuvchi yo‘lovchilar uchun yangi bortni yuborishga majbur bo‘lgandi.
Beshinchi sentabr kuni havo kemasidagi nosozlik tufayli Uzbekistan airwaysning yana bir reysi kechiktirildi. Bortida 216 nafar yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 767 Bangkokdan Toshkentga uchishi kerak edi.