Aholidan 2018-yil davlat dasturi loyihasiga taklif va loyihalar qabul qilinmoqda

© Sputnik Aleksey TixomirovDoljnost glavnogo redaktora "Drujbi narodov" pisatel i perevodchik s gruzinskogo yazika Aleksandr Ebanoidze zanyal v 1995 godu
Doljnost glavnogo redaktora Drujbi narodov pisatel i perevodchik s gruzinskogo yazika Aleksandr Ebanoidze zanyal v 1995 godu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqiladigan Davlat dasturi loyihasiga kiritiladigan takliflar faqat keng jamoatchilik bilan dastlabki muhokama qilingandan keyin ko‘rib chiqilishi belgilab qo‘yilgan

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Harakatlar strategiyasini 2017-yilda amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida erishilgan natijalarni o‘rganish va tahlil qilish maqsadida fuqarolar o‘rtasida jamoatchilik fikri so‘rovi o‘tkazilmoqda. Bu haqda "Taraqqiyot strategiyasi" markazi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, shu bilan birga, kelgusi yil Davlat dasturi loyihasiga aholidan takliflar va loyihalar olinmoqda.

Studenti v universitete - Sputnik O‘zbekiston
Oliy o‘quv yurtlarida Harakatlar strategiyasi xonalari ish boshladi

So‘rovnoma aholining keng qatlami, xususan, yoshlar, davlat xizmatchilari, tadbirkorlar, pensionerlar o‘rtasida tarqatilmoqda.

Shuningdek, fuqarolar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish uchun www.strategy.uz veb-saytida alohida sahifa yaratildi. So‘rovnomani mobil telefoni orqali to‘ldirish imkoni ham mavjud.

Ijtimoiy so‘rovnoma "Taraqqiyot strategiyasi" markazi tomonidan O‘zbekiston prezidentining "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoyishida belgilangan vazifalar asosida ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra 2017-yilda mamlakatni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish hamda 2018-yil Davlat dasturi loyihasiga kiritish uchun fuqarolardan takliflarni to‘plash rejalashtirilgan.

Fuqarolar so‘rovnomada ishtirok etib, Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan muhim islohotlar va jamiyat hayotida ro‘y bergan yana boshqa o‘zgarishlarga baho beradilar. Jumladan, ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan qaysi tadbir eng muhimligi, davlat boshqaruv organlarining xalq bilan muloqot qilishida, fuqarolarga bo‘lgan munosabatidagi o‘zgarishlar haqidagi savollarga javob berishlari kerak bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Harakatlar strategiyasini amalga oshirish komissiyasiga rahbarlik qiladi

Jamoatchilik fikri so‘rovi shu yilning oktabr oyiga qadar barcha hududlardagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan Harakatlar strategiyasi xonalari, mahalla fuqarolik yig‘inlari, korxona va tashkilotlarda o‘tkaziladi. Shundan so‘ng barcha ma’lumotlar umumlashtirilib, Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiyaga taqdim etiladi.

2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqiladigan Davlat dasturi loyihasiga kiritiladigan takliflar faqat keng jamoatchilik bilan dastlabki muhokama qilingandan keyin ko‘rib chiqilishi O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 15-avgustdagi farmoyishi bilan belgilab qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0