Oliy o‘quv yurtlarida Harakatlar strategiyasi xonalari ish boshladi

© UITStudenti v universitete
Studenti v universitete - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harakatlar strategiyasi xonalarini ochishdan maqsad 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida yoshlarning o‘rnini oshirish, shuningdek o‘sib kelayotgan yosh avlodni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga faol jalb qilishdir

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida ilk Harakatlar strategiyasi xonalari ochildi. Bu haqda "Taraqqiyot strategiyasi" markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Besh yillik Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi

Harakatlar strategiyasi xonalarini ochishdan maqsad 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida yoshlarning o‘rnini oshirish, shuningdek o‘sib kelayotgan yosh avlodni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga faol jalb qilishdir.

Ko‘ngillilar Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarni yoritish, so‘rovlar o‘tkazish orqali jamoatchilik fikrini o‘rganish, seminar va treninglar tashkil qilish, yoshlarni turli loyihalarda qatnashishga jalb qilish va boshqa ishlar bilan shug‘ullanadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0