IIB xodimlari "Spark" o‘g‘risini qurol yordamida to‘xtatdilar

© AP Photo / Anvar IlyasovO‘zbek militsiyasi
O‘zbek militsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchtepa tumanida noma’lum shaxs fuqaro Boboyevga tegishli "Spark" avtomobilini olib qochib ketdi

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Toshkent shahar IIBB olib qochilgan transport vositasi topilgani haqida xabar chop etdi. 

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda militsiya xodimlari tomonidan o‘g‘irlangan avtomobilni qo‘lga olish ishlari doirasida o‘qqa tutilganligi aks etgan video tarqalgan edi.

Avtomobilnie vori - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bir necha avtomobil qulfini buzib o‘g‘rilik sodir etgan shaxslar ushlandi
Toshkent IIBB xabariga ko‘ra, 2017-yil 4-sentabr kuni taxminan soat 13:30 larda noma’lum shaxs Uchtepa tumani hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro Boboyev Akbar Asadullayevichga tegishli bo‘lgan "Spark" rusumli avtoulovini olib qochganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

"Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv natijalariga ko‘ra, mazkur avtomashina fuqarolar, yo‘lovchilar va haydovchilarga zarar yetkazmaslik maqsadida quroldan foydalangan holda harakatlanishiga chek qo‘yilib, to‘xtatildi", — deyiladi xabarda. 

Yangiliklar lentasi
0