Geynrix terma jamoa bilan vidolashdi

© Federatsiya futbola UzbekistanaFutbolist Aleksandr Geynrix
Futbolist Aleksandr Geynrix - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aleksandr Geynrix terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Aleksandr Geynrix terma jamoadagi faoliyatini yakunladi, deb xabar qildi O‘zbekiston 24  nashri championat.asiaga tayangan holda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Bosh murabbiyi Samvel Babayan - Sputnik O‘zbekiston
Babayan "Qachon iste’foga chiqasiz" degan savolga ochiq javob berdi
Xabarda aytilishicha, futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng hujumchi Aleksandr Geynrix terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasashga qaror qilgan.

Hujumchi o‘yindan so‘ng avtobusga chiqayotganida "Men milliy terma jamoadagi faoliyatimni tugatdim. Bugungi o‘yin men uchun oxirgisi bo‘ldi. Barcha ishqibozlarga rahmat aytaman", degan.

Eslatib o‘tamiz, kecha o‘tkazilgan o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya bilan durrang natijaga o‘ynab jahon chempionati yo‘llanmasidan quruq qoldi.

Yangiliklar lentasi
0