ShHTga a’zo davlatlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida yig‘ilish o‘tkazishdi

© AFP / MARK RALSTONShHTga a’zo mamlakatlar bayroqlari
ShHTga a’zo mamlakatlar bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbir davomida ishtirokchilar ShHT doirasida kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qilishgan

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. ShHT ga a’zo davlatlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish masalalari bilan shug‘ullanuvchi idoralari rahbarlarining to‘qqizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilindi O‘zbekiston FVV rasmiy saytida.

Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda ShHT davlatlarining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha yig‘ilishi o‘tkazildi
"2017 yilning 24-avgust kuni Qirg‘iziston Respublikasining Cholpon-Ota shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish masalalari bilan shug‘ullanuvchi idoralari rahbarlarining to‘qqizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi", — deyiladi xabarda.

Yig‘ilishda Hindiston, Xitoy Xalq Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirlari, tegishli mutaxassislari, ShHT kotibiyati, shuningdek, taklif qilingan mehmonlar sifatida Xalqaro fuqaro mudofaasi tashkiloti hamda Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish markazi rahbarlari ishtirok etgan.

Tadbir davomida ishtirokchilar ShHTga a’zo davlatlarda 2015-2017 yillar mobaynida sodir bo‘lgan yirik favqulodda vaziyatlar, ular keltirgan talofatlar, shu bilan birga, ShHT doirasida kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Rossiya va Tojikiston hamkorligida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyalar vazirlari R. Jo‘rayev va V.Puchkovlarning ikkitomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirliklari o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha tadbirlar rejasi imzolangan.

Shu bilan bir qatorda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida ikkitomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari hamda yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlar rejasini amalga oshirish bo‘yicha bajariladigan chora-tadbirlar xususida o‘zaro fikr almashildi.

Bundan tashqari, kun davomida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyalar vaziri R.Jo‘rayev va Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkiloti bosh direktori V.Kuvshinovlarning ikkitomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ballisticheskie raketi na parade v Pxenyane. Severnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
KXDRga qarshi urushda AQShga Markaziy Osiyodagi vaziyatni izdan chiqarish muhim - ekspert

Uchrashuv davomida 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi va Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkiloti o‘rtasida aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida hamkorlik bo‘yicha tadbirlar rejasi imzolandi. Samimiy uchrashuvda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida ikkitomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida ShHTga a’zo davlatlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish masalalari bilan shug‘ullanuvchi idoralari rahbarlarining to‘qqizinchi yig‘ilishi Bayoni imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0