Maktab formasi qulay bo‘lishi shart: Finlyandiya nega maktab formasiga qarshi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishShkolnaya forma
Shkolnaya forma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Finlyandiyada maktab formasi ta’lim tizimida majburiy hisoblanmaydi

TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Maktab o‘quvchilari kiyimi bolalar uchun qulay bo‘lishi kerak, shuning uchun Finlyandiyada maktab formasi ta’lim tizimida majburiy hisoblanmaydi. Bu haqda Finlyandiya ta’lim tizimining tadqiqotchisi va ilmiy xodimi Pasi Silander Sputnik Qozog‘iston jurnalistiga so‘zlab berdi.

Shkolnisi Tadjikistana v atlase - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston maktab o‘quvchilar kiyinish talablari: qizlarga hijob, kalta yubkalar mumkin emas

Silander Ostona shahriga EKSPOda ishtirok etish uchun kelgan bo‘lib, Finlyandiya ta’lim tizimi haqida batafsil ma’lumot berdi. Qozog‘istonda yagona maktab formasi joriy etilishiga izoh berdi.

"Biz bolalar uchun yagona forma joriy etilishi haqida so‘z yuritganimizda, avvalambor, o‘qituvchilar uchun ham yagona forma joriy etilishini istaymizmi? Bolalarga forma kerakligi haqida javob noaniq bo‘ladi. Finlyandiyada bu umuman yo‘q. Chunki har bir bola individualdir. Bolalar bir xil emas. Siz qaysi kiyim kiyishingiz bu o‘zingiz shaxsiy ko‘rinishingizdir. Agarda o‘zingizga qulay bo‘lgan kiyim kiysangiz, o‘zingizni yaxshi his qilasiz va axborotni yaxshiroq qabul qila olasiz. Uniforma esa noqulay bo‘lishi mumkin, tashqi ko‘rinishingizni boshqacha ko‘rsatishi mumkin va siz har doim bu haqda o‘ylab yurishingiz mumkin", — dedi ekspert.

Finlyandiyada maktab formasini joriy etish masalasi ham ko‘tarilgan edi. Standart shakldagi maktab formasi joriy etish sababi sifatida bu har xil daromadli bo‘lgan oilalardagi bolalar kiyinishlari har xil bo‘lmasligi va bu borada turli kelishmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun ko‘rib chiqilgan.

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari - Sputnik O‘zbekiston
Vazirlar 11-yillik ta’lim tizimiga o‘tish bo‘yicha Mirziyoyevga batafsil axborot berishdi
"Bu masala bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilgan. O‘quvchilarning ayrimlari qimmatbaho brend kiyimlarni kiyib yuradi, boshqasi esa oddiyroq kiyim kiyadi. Mening fikrimcha, agarda siz qandaydir uniforma bo‘lishini hohlasangiz, u 20 turda bo‘lishi kerak, kimga qanaqa yoqqanini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Lekin biz unitmasligimiz kerakki, bola bu individualdir", — deb alohida ta’kidladi finlyandiyalik ekspert.

Shuningdek, Qozog‘istonda uniforma bolalarni intizomli qiladi va o‘qishga jiddiy munosabatda bo‘lish va ta’lim jarayotgan yordam berishi mumkinligi haqidagi fikrga ekspert Pasi Silaneder qisqa "yo‘q" deb javob berdi.

Finlyandiya ta’lim tizimi dunyoda eng yaxshi deb tan olingan. Finlyandiyada o‘rta ta’lim, oliy ta’lim ham bepuldir. O‘quvchilar deyarli uy vazifalarni qilishmaydi, baholar olishmaydi, o‘quv jarayoni erkin tarzda amalga oshiriladi. Maktablarda standart parta va stullar o‘rniga divan va noan’anaviy yumshoq o‘rindiqlardan foydalaniladi.

Yangiliklar lentasi
0