O‘zbekistonda ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlovchi jamoat fondi tashkil etildi

Obuna bo‘lish
Fond O‘zbekistonda madaniyat, san’at va jurnalistikani rivojlantirishga mablag‘larni to‘plash va yo‘naltirish, soha faxriylariga manzilli moddiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi

TOShKENT, 9-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha "Ilhom" jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Qaror matni prezidentning rasmiy veb saytida joylashtirilgan.

Klyuchi ot kvartiri - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ijodkorlar uchun imtiyozli kvartiralar ajratiladi

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda madaniyat, san’at va jurnalistikani rivojlantirishga mablag‘larni to‘plash va yo‘naltirish, tegishli dastur hamda loyihalarni amalga oshirish, Bastakorlar uyushmasi, Rassomlar ijodiy birlashmasi, Teatr arboblari uyushmasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi ta’minoti va faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish, ularning a’zolari bo‘lgan soha faxriylariga manzilli moddiy yordam ko‘rsatish Fondning asosiy vazifalari etib belgilandi.

"Mahalla" xayriya jamoat fondi Fond hisob raqamiga xayriya asosida 7 milliard so‘m, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Oliy sudining Fondga noqonuniy yo‘l orqali olingan daromadlarni musodara etish hisobidan 13 milliard so‘m yo‘naltiradi. Bundan tashqari, Fond budjet mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag‘lari, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar orqali moliyalashtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0