Qonunchilik palatasida deputatlar orasida qizg‘in bahs-munozara bo‘ldi

© Commons.wikimedia / Behrami"Oliy Majlis" binosi
Oliy Majlis binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Deputatlar jamoatchilikning keng doiralari uchun qiziqarli bo‘lgan eng dolzarb qonun loyihalarini Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida joylashtirish haqida qaror qabul qilishdi

TOShKENT, 1 avg — Sputnik. 2017 yil 31-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Deputatlar qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar. Qonun loyihalari qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumat portali.

Xususan, "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida"gi, "Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida"gi, "Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida"gi, "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihalari muhokama etilgan.

Tadbirkorlar uchun qonun chet el tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqildi

Deputatlarning ta’kidlashicha "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida"gi qonun tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish uchun keng imkoniyatlar ochadi.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Prezident tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilini tayinladi

Bu faqat o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchungina emas, balki o‘z biznesini O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirayotgan xorijiy kompaniyalarga ham taalluqli. Qonun loyihasi ilg‘or xorijiy tajribani, xususan, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

Bolalar hamisha himoyada bo‘ladi

BMT Bola huquqlari qo‘mitasi vitse-prezidenti, sudya Renate Vinter - Sputnik O‘zbekiston
YuNISEF O‘zbekistonda bolalar uchun odil sudlov ta’minlashga chorladi
"Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun loyihasini muhokama qilish paytida asosiy maqsad — bolalarni buzg‘unchi, ularning ruhiyatiga zarar yetkazuvchi ta’sirlardan himoya qilish, shuningdek, ularning salomatligiga ziyon yetkazuvchi axborot tarqatilishining oldini olish, cheklash va taqiqlashdan iboratligi ta’kidlangan. Ushbu qonun qabul qilingach, deputatlarning so‘zlariga ko‘ra, uning qoidalarini amalga oshirish Mirziyoyev e’tibori ostida amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanadi.

Odamlar murojaati e’tiborsiz qolmaydi

Hozirgi kunga qadar huquqiy axborotni tarqatish tartibi 20 tadan ziyod normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinmoqda. Lekin ularda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi vakolatlari aniqlashtirilmagan. Shu bilan bir qatorda, huquqiy axborotni tarqatish usullari tizimlashtirilmagan edi. Natijada amaliyotda mazkur sohada jiddiy kamchilik va nuqsonlar ko‘zga tashlanmoqda. Majlisda qonun qabul qilingach, ana shu barcha masalalar hal etilishi ta’kidlangan.

Zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlisa Svetlana Artikova - Sputnik O‘zbekiston
Senator: bu yilgi va oldingi qonunlar orasida yer bilan osmoncha farq bor
Deputatlar birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan qonun loyihalarini konseptual jihatdan ma’qullaganlar.

Shu bilan birga, majlis davomida deputatlar qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamalari doirasini izchil kengaytirib borish zarurligi to‘g‘risida yakdil fikr bildirdilar. Shu munosabat bilan jamoatchilikning keng doiralari uchun qiziqarli bo‘lgan eng dolzarb qonun loyihalarini Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida joylashtirish haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, majlisda qonun loyihalarini ikkinchi o‘qishga tayyorlash doirasida ularning jamoatchilik muhokamalarini joylarda tegishli xalq deputatlari Kengashlarining, hududiy partiya tashkilotlarining, yoshlar, ayollar, keksa avlod vakillari, turli sohalar ekspertlari va mutaxassislari ishtirokida tashkil etish yuzasidan taklif bildirilgan.

Yangiliklar lentasi
0