Prezident "Adolat" partiyasiga savol berdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov"Adolat" partiyasi yetakchisi Narimon Umarov (markazda)
Adolat partiyasi yetakchisi Narimon Umarov (markazda) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosiy partiyalar bilan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi partiyalar faoliyatiga tanqidiy baho berdi

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Ochiq aytish kerak, siyosiy partiyalarda haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‘tirish kayfiyati hukm surmoqda. Hech kimga foydasi bo‘lmagan majlislar soatlab davom etmoqda, tanqidiy tahlil o‘rniga mayda masalalar bilan o‘ralashib, dolzarb muammolarning yechimi chetda qolib ketmoqda, dedi yig‘ilish davomida Shavkat Mirziyoyev.

Narimon Umarov - Sputnik O‘zbekiston
Narimon Umarovning saylovoldi dasturi
"Ma’lumki "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi ijtimoiy adolat, ilm-fan, ta’lim-tarbiya va sog‘liqni saqlash sohasida aholi manfaatlarini himoya qilish shiori ostida faoliyat olib boradi.

Lekin partiya ushbu sohalarda, xususan, jamiyatimizda qonun va adolat ustuvorligini yoki aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish va uni dori-darmon vositalari bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha aniq tashabbuslarni nima uchun o‘z vaqtida ilgari surmagani achinarli holdir.

Hozirgi vaqtda yurtimizda ilm-fan, ta’lim-tarbiya sohalari, jumladan, Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Lekin "Adolat" partiyasi vakillari, ularning deputatlari, misol uchun, yosh olimlar bilan biron marta uchrashib, ularning dardini eshitib, muammolarini yechish bo‘yicha qanday amaliy takliflar berdi? Ming afsuski, yo‘q bunday taklif.

Matbuot - Sputnik O‘zbekiston
Narimon Umarov matbuotni yanada erkinlashtirish tarafdori
Mana, bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini takomillashtirish yuzasidan joylarda turli-tuman fikrlar, takliflar bildirilyapti. Lekin nima uchun partiya bu masalalar bo‘yicha o‘z fikri, o‘z munosabatini bayon etmayapti?

Sog‘liqni saqlash, jamiyatimizda qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash, oilalarda, mahallalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash bo‘yicha keyingi paytda qancha muhim tadbirlar o‘tkazilmoqda, bu borada mutlaqo yangi tizim barpo etilmoqda. Sizlar ana shu masalalar bo‘yicha birorta fikr bildirdingizmi?

Yaqinda matbuotda O‘zbekiston sudyalar hamjamiyatining murojaati e’lon qilindi.

Xo‘sh, "Adolat" partiyasining bu masalaga munosabati qanday — saylovchilaringiz, tarafdorlaringiz sizlardan bu savollarga javob kutishga haqli", — dedi o‘z chiqishi davomida prezident.

Yangiliklar lentasi
0