O‘zbekistonda sovet davrining eng mashhur zavodi - "Tosho‘yinchoq" qayta ishga tushiriladi

© MICHAL CIZEK / AFPO‘yinchoqlar ishlab chiqarilishi
O‘yinchoqlar ishlab chiqarilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida zamonaviy o‘yinchoqlar va bolalar buyumlari ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda sovet davrining eng mashhur zavodi — "Tosho‘yinchoq" faoliyati qayta tiklanadi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘yinchoqlar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy hamkorlikda o‘yinchoq ishlab chiqaradi
Hujjatda aytilishicha, sobiq "Tosho‘yinchoq" zavodining 12 ming kvadrat metr maydonni egallovchi asosiy binolari uzoq vaqtdan beri bo‘sh yotibdi, u yerdagi ishlab chiqarish tizimlari yaroqsiz holatga kelib qolgan.

Davlat rahbari buyrug‘i asosida obyekt beg‘araz asosda balans qiymati bo‘yicha O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga topshiriladi, so‘ng bankning boshqaruvchi kompaniyasi — NBU Investment MChJga sifatli va zamonaviy o‘yinchoqlar ishlab chiqarishni tashkil qilishga investitsiya ajratish sharti bilan taqdim etiladi

Rejaga ko‘ra, "Tosho‘yinchoq" zavodi negizida bank ulushi ishtirokida turli korxonalar tashkil etiladi.  Shu tariqa, keyinchalik O‘zbekiston milliy banki ushbu kompaniyalardagi o‘z ulushlarini valyutaga sotishi mumkin.

Milliy bank va boshqaruvchi kompaniyaga 2018-yil 1-martga qadar o‘yinchoqlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, ushbu mahsulotni ham ichki, ham tashqi bozorlarda realizatsiya qilish topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0