"O‘zbekneftegaz" 12 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

© NXK UzbekneftegazZdanie NXK Uzbekneftegaz
Zdanie NXK Uzbekneftegaz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ishdan bo‘shatilgan xodimlarning ishga joylashishida ko‘maklashish vazifasini topshirdi

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti neft va gaz sanoatining boshqaruv tizimini rivojlantirish borasidagi qarorga imzo chekdi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Qarorga muvofiq "O‘zbekneftegaz"ning tarkibiy bo‘linmalari va sho‘’ba kompaniyalarida 12 ming xodim ishdan bo‘shatiladi. Davlat rahbari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ishdan bo‘shatilgan xodimlarning ishga joylashishida ko‘maklashish vazifasini topshirdi.

Neftepererabativayushee predpriyatie - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi zamonaviylashtiriladi

"O‘zbekneftegaz" MXK, "O‘zneftgazqazibchiqarish" AK, "O‘ztransgaz" AK, "O‘zneftmahsulot" AK va "O‘zneftgazmash" AKning tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgartirildi. Endilikda bu tuzilmalar aksiyadorlik jamiyatlariga aylantiriladi.

Bundan tashqari, "O‘zneftgazqurilishinvest" AK tugatildi, "O‘zgeoburneftgaz" AK "O‘zburneftgaz" aksiyadorlik jamiyatiga, "O‘zgazinjiniring" MChJ esa "Neftgazqurilish" MChJga aylantirildi.

Shuningdek, davlat rahbari "O‘zbekneftegaz" tarkibida o‘zbek neft-gaz mahsulotlarini eksport qilishga ixtisoslashgan "Neftgazeksport" MChJni tuzish haqidagi qarorni tasdiqladi.

"O‘ztransgaz" mintaqalararo unitar korxonalarining 6 ta bazasi qoshida 14 ta gaz ta’minotining hududiy filiallari, "O‘zneftmahsulot"ning 23 ta unitar korxonalari bazasi qoshida esa neft mahsulotlarining realizatsiyasini amalga oshiruvchi 15 ta MChJ shaklidagi mintaqaviy tashkilotlar tashkil etiladi. Shu bilan birga tuman va shahar gaz ta’minoti filiallarining tumanlararo gaz ta’minoti uchastkalari, shuningdek, neft mahsulotlarini saqlash va realizatsiya qiladigan past rentabelli obyektlar soni optimallashtiriladi.

Uchastok magistralnogo gazoprovoda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tabiiy gaz tanqisligi muammosi bartaraf etiladi

"O‘zbekneftgaz" oldiga neft va gaz sanoati tizimini chuqur o‘zgartish, mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish, shuningdek, aholining neft va gaz mahsulotlariga bo‘lgan iqtisodiy ehtiyojini qondirish vazifalari qo‘yilgan.

"O‘ztransgaz" AK zimmasiga esa mamlakat iste’molchilarini tabiiy va suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini asosiy gaz quvurlarining transport tizimini va gaz taqsimoti tarmoqlarini takomillashtirish orqali ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Bundan tashqari, ayrim korxonalarni "O‘zbekneftegaz" tarkibidan chiqarish va ularning hissasini mahalliy hamda xorijiy investorlarga sotish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0