Putin Rossiya xalqiga hammasi yaxshi bo‘ladi, deb va’da berdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti jonli muloqot oxirida hammasi yaxshi bo‘lishini aytdi

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Putin "Sizni aldagan odamga qanday chora ko‘rasiz?", degan savolga javob berdi.

Ukraina prezidenti P. Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Putin Poroshenko haqidagi savolga javob berdi
"Men ham insonman, meni ham aldab turishadi. Lekin men buni ko‘rib turgan taqdirimda ham men shoshmashosharlik bilan ish ko‘rmayman.

Bunga javob qaytarishdan oldin, u insonni bunday qilishga nima majbur qilgani, u nimani xohlagani haqida mulohaza qilib ko‘raman… Lekin men buni hech qachon unutmayman", — dedi Putin.

Soxta savollar haqida Putinning javobi

Rossiya rahbari to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot davomida berilgan savollar avvaldan tayyorlanmaganini aytdi va bir nechta tasodifan berilgan savollarga javob qaytardi.

Vaqt mashinasi haqidagi savolga javobi

Putin "Tarixda ro‘y bergan ko‘plab muhim voqealarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rishni xohlardim", — deb tan oldi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin: sanksiya kiritgan davlatlarning o‘zi bizdan ko‘proq yo‘qotdi

"Yurtimiz qanday qurilgan va rivojlangani, yoki deylik Peterburga qanday qurilgani, ota-bobolarimiz Ulug‘ vatan urushida qay tarzda g‘alaba qozonishgani menga juda qiziq. Bilasizmi, urush xronikalarini ko‘rganimda, ko‘zimga yosh keladi. Albatta, bularni o‘z ko‘zim bilan ko‘rishni xohlardim. Rossiya rivojlanishida eng muhim rol o‘ynagan qarorlar qay tarzda qabul qilinganini ko‘rish va eshitishni istardim", — dedi savolga javoban Putin.

Putindan o‘zidan keyin kimni qoldiradi?

Shahar, region yoki mamlakatga kim bosh bo‘lishini faqat rossiyaliklar xal qiladi, dedi Putin

"Hammasi yaxshi bo‘ladi"

Rossiya prezidenti yo‘llangan savollar va murojaatlar orasida "Hammasi yaxshi bo‘ladi" degan ta’kid borligiga e’tibor qaratdi. Rossiya rahbari hammasi xuddi shunday bo‘lishini aytdi.

Vladimir Putin to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yakunida yo‘llangan barcha savollarga javob qaytara olmagani uchun uzr so‘radi. Va "mendan xafa bo‘lmanglar" deya ta’kidladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0