"O‘zgidromet" Chirchiq darosi qirg‘oqlari yemirilishi haqida ogohlantirdi

Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda Toshkent viloyati hokimligida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari, tegishli vazirlik va idora vakillaridan iborat tezkor shtab tashkil etilgan

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. "O‘zgidromet" markazidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ob-havo haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida Toshkent viloyatining yuqori tog‘li hududlaridagi mavjud qor qatlamlarining jadal erishi tufayli Chirchiq darosining suv sarfi ko‘payib, daryo qirg‘oqlarining yemirilishiga olib kelishi aniqlandi, deb xabar qildi FVV matbuot-xizmati.

Reka Chirchik - Sputnik O‘zbekiston
Chirchiq darosi atrofida noqonuniy qurilgan dachalar buzib tashlanadi
Hozirda mutaxassislar tomonidan Chirchiq darosining jami 11 ta uchastkalarida (Yuqorichirchiqda — to‘rtta, Qibrayda — ikkita, Quyichirchiqda — uchta va Yangiyo‘lda — ikkita) qirg‘oqlarining yemirilish holatlari hamda suv bosish xavfi yuqoriligi ta’kidlanmoqda. Mazkur hududda jami 254 ta xo‘jalik (1615 nafar fuqaro), 23 ta dala hovlilar va 80 gektar ekin yer maydonlari mavjud.

O‘zbekiston Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 31-maydagi «Toshkent viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq darosining o‘zanida va qirg‘oqlarida kechiktirib bo‘lmaydigan muhandislik-texnik va boshqa himoya ishlarni tashkil etish to‘g‘risida»gi 3-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida FVV, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zgidromet, Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati markazi, Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi mas’ul xodimlaridan iborat oltita guruh tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan Chirchiq darosi qirg‘oq muxofaza zonasini o‘rganish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Devushki s velosipedami na zatoplennoy ulitse - Sputnik O‘zbekiston
FVV yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv bosish xavfini bartaraf qildi
Suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlarni himoyalash, kelgusida aholini va ekin yer maydonlarini sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan suv toshqini bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan muhandislik-texnik va boshqa himoya ishlarni amalga oshirish maqsadida Chirchiq darosining qirg‘oqlarida 7-iyun holati bo‘yicha jami 3230 metr kub xarsang tosh, 480 metr kub beton, 1760 metr kub tosh-shag‘al ishlari bajarildi.

Amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Toshkent viloyati hokimligida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari, tegishli vazirlik va idora vakillaridan iborat tezkor shtab tashkil etilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0