Shavkat Mirziyoyev Samarqandda BMT bosh kotibini qabul qiladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishGensek OON Antoniu Guterresh
Gensek OON Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab tashrifini boshlaydi

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. BMT bosh kotibi sakkizinchi iyun kuni Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda BMT yangiliklar markazi.

Verxovniy komissar OON po pravam cheloveka Zeyd Raad al-Xuseyn - Sputnik O‘zbekiston
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

To‘qqizinchi iyun kuni Antoniu Guterresh Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashadi va ShHT majlisida so‘zga chiqadi.

10 iyun kuni esa bosh kotib Samarqandga keladi hamda O‘zbekiston rahbari bilan uchrashadi. Kunning ikkinchi yarmida esa Guterresh Nukusga boradi hamda Orol dengizidagi kemalar qabristoniga tashrif buyuradi.

Ertasi kuni bosh kotib Qirg‘izistonga, 12-iyun kuni esa Tojikistonga borishi rejalashtirilgan. Guterreshning safari 13-iyun kuni Turkmanistonga tashrif buyurish bilan nihoyasiga yetadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0