TOShKENT, 16-may — Sputnik. O‘zbekiston hukumati tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Raisiga 2 nafar xorijiy mutaxassis-maslahatchilarni jalb etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muhbiriga Vazirlar Mahkamasi xodimi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xodimi so‘zlariga ko‘ra, tanlab olingan nomzodlarning ko‘pchilik qismi O‘zbekistonga o‘z jamoasi bilan kelib ishlashga tayyor ekanliklarini bildirishgan. Bu o‘z navbatida ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Hozirgi kunda ushbu masalalar mutasaddi vazirliklar bilan kelishilmoqda.
"Tanlab olingan korxona tomonidan O‘zbekiston turizm imkoniyatlarimizni jahon bozorlarida keng targ‘ibot qilish bo‘yicha o‘zoq muddatga mo‘ljallangan Konsepsiya ishlab chiqilishi talab etiladi. Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqiladi. Hozirgi kunda eng dolzarb bo‘lgan yo‘nalishlarimiz bu — Xitoy, Yevropa, Rossiya va Janubiy Osiyo davlatlari," — deb ta’kidladi suhbatdoshimiz.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.