Ruxsat yo‘q: "Pereval"dan qanday avtotransportlar endi o‘tolmaydi?

© Sputnik / StringerQamchiq dovoni
Qamchiq dovoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur qoida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-apreldagi "Qamchiq dovoni orqali o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lidan samarali foydalanish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida joriy qilingani ta’kidlanmoqda

TOShKENT, 10-may — Sputnik. 2017-yilning 1-iyulidan boshlab A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida harakatlanayotgan yuk avtotransportlarining — o‘qqa tushadigan yuklamasi 11,5 tonnadan ortiq bo‘lganlariga ruxsat berilmaydi, deb xabar berdi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot-xizmati.

Qamchiq dovoni - Sputnik O‘zbekiston
Qamchiq dovonidagi yo‘lni yangilash bilan Ozarbayjonning Evrascon kompaniyasi shug‘ullanadi
Bunday avtotransport vositalari tomonidan tashib kelingan asosiy yuklar "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan, Qamchiq dovoni orqali o‘tgan "Angren-Pop" temir yo‘li orqali tashiladi.

Mazkur qoida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-apreldagi "Qamchiq dovoni orqali o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lidan samarali foydalanish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida joriy qilinadi.

Qarorda shuningdek, 2017-yilning 1-iyuliga qadar A-373 avtomobil yo‘lining — Toshkent viloyatidan o‘tgan 185 kilometridagi "Chinor" hamda Namangan viloyati hududidagi 273 kilomtrida joylashgan "Sherobod" postlarida yuqori texnologiyalar bilan ta’minlangan nazorat punktlarini qurish, punktlardagi zamonaviy uskunalar yordamida yuk avtomobillarining og‘irlik va hajmiy ko‘rsatkichlarini, qolaversa, ularning o‘qqa tushadigan og‘irlik yuklamalarini aniqlashni yo‘lga qo‘yish belgilab berilgan.

Qamchiq dovoni - Sputnik O‘zbekiston
Qamchiq dovonida o‘ta og‘ir yukli mashinalarga o‘tish ta’qiqlandi
Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi bunday cheklovlar:

— vakolatli organlarning maxsus ruxsatnomalari orqali tashilayotgan katta hajmdagi va og‘ir yuklarga, shuningdek,

— "Qamchiq" dovonidagi yo‘l-transport infrazulilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash ishlari uchun jalb etilgan texnikalarga nisbatan joriy etilmaydi.

Bugungi kunda nazorat punktlarini qurish jarayonlari davom etmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0