"Ming bir kecha" mamlakati O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga taklif etmoqda

Obuna bo‘lish
Germaniyadagi taniqli sayyohlik kompaniyalari veb-sahifalari "Ming bir kecha" mamlakati Buxorodagi "Ipak va ziravorlar" festivaliga taklif etadi" sarlavhasi ostida ma’lumotlar turkumini e’lon qildi

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Germaniyadagi taniqli "DIAMIR Erlebnisreisen" va "Paradeast" sayyohlik kompaniyalari veb-sahifalarida ana shunday sarlavha ostidagi ma’lumotlar turkumi e’lon qilindi. Ular yaqin vaqt ichida O‘zbekistonga borishni rejalashtirgan sayohatchilar uchun mo‘ljallangan, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

Otkritie uzbekskogo shou-ruma Moel Bosh v Rige - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston gastronomik turizm yo‘nalishi reytingida beshinchi o‘rinni oldi
Mazkur veb-sahifalarda O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab maxsus sayohat dasturlari o‘quvchilar e’tiboriga havola qilingan. Jumladan, manbalar nemis sayohatchilarini ko‘hna Buxoroning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirar ekan, joriy yil may oyining oxirida ushbu shaharda navbatdagi an’anaviy "Ipak va ziravorlar" festivali o‘tkazilishini ma’lum qilgan.

"Har yili mazkur o‘ziga xos bayramga alohida muhit bag‘ishlash uchun yer sharining turli nuqtalaridan ko‘p sonli sayyohlar, mohir hunarmandlar va san’at namoyandalari bu shaharga kelishadi. Joriy yilda ushbu madaniyatlararo anjumanga Malayziya, Indoneziya, Hindiston va Xitoy biznes hamjamiyati vakillari ham taklif qilingan", deb yozadi nemis sayyohlik kompaniyalari.

Ta’kidlanganidek, mazmundor sayohat dasturi germaniyalik sayohatchilarga nemis tilida so‘zlashadigan gidlar hamrohligida Buxoroning diqqatga sazovor maskanlari, mahobatli me’moriy yodgorliklari bilan yaqindan tanishish, an’anaviy "Ipak va ziravorlar" festivalining ochilish marosimida qatnashish, qo‘lda tayyorlangan noyob hunarmandchilik mahsulotlaridan zavq olish hamda yaqinlari va do‘stlari uchun o‘ziga xos esdalik sovg‘alaridan xarid qilishlari uchun juda qulay imkoniyatni yaratadi.

Vand kompaniyasi menedjeri - Irina Medvedeva - Sputnik O‘zbekiston
Turizm eksperti: O‘zbekistonda tomosha qiladigan narsa ko‘p
"Ahamiyati va tarixiy-madaniy merosi jihatidan kam bo‘lmagan boshqa shaharlarga — O‘zbekistonning Buyuk Ipak yo‘li bo‘yida joylashgan Toshkent, Samarqand, Xiva va boshqa tarixiy shaharlari bo‘ylab sayohat qilish ham mazkur dasturdan joy olgan. Siz Sharqning ertakmonand muhitiga g‘arq bo‘lasiz, ushbu mehmondo‘st mamlakatda istiqomat qiladigan xalqning madaniyati, an’analari va kundalik turmush tarzi haqida keng tasavvurlarga ega bo‘lasiz".

Germaniyaning "Presse Echo" va "fair-News" axborot portallarida ham "Ipak va ziravorlar" festivali haqidagi materiallar e’lon qilindi. Ularda O‘zbekistonning turli hudularidan keladigan folklor ansambllari jamoalarining chiqishlari, milliy o‘yinlar, o‘zbek oshxonasi taomlari, jumladan, o‘zbekona palov va boshqa ne’matlardan tatib ko‘rish, temirchilik, zardo‘zlik, gilam to‘qish va milliy xalq amaliy san’atining boshqa yo‘nalishlaridagi mahorat darslari singari tadbirlar mazkur anjuman dasturidan joy olgani ma’lum qilingan.

"Festivaldan ko‘zlangan maqsad noyob milliy merosni avaylab asrash va keyingi avlodlarga yetkazish, o‘zbek xalq hunarmandchiligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bilan izohlanadi", deb yozadi nemis elektron nashrlari.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0