TOShKENT, 4-may — Sputnik. BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al Husayn boshchiligidagi delegatsiya 10-12 may kunlari O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda "Podrobno.uz" ma’lum qilmoqda.
Zayd Raad al Husaynning O‘zbekistonga tashrifidan maqsadi O‘zbekiston va Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda ikki tomonlama manfaatlarni aks ettiruvchi sohalarda kelgusi hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qilishdir.
Oliy komissar O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida xalqaro press-klubda tashrif yakunlari bo‘yicha chiqish qilishi kutilmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.