Andijon shahridagi barcha avtobuslarda yo‘l haqi to‘lovi elektron tizimga o‘tdi

© TOSHSHAHARTRANSXIZMATNizkopolniy avtobus "SAMAUTO LE 60"
Nizkopolniy avtobus SAMAUTO LE 60 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchi dastlab avtobekat yoki bank muassasalaridan 15 ming so‘mga kartochka sotib oladi. Keyinchalik o‘zining bank plastik kartochkasidan onlayin tartibida unga pul tushirib boradi

TOShKENT, 2-may — Sputnik. Andijon shahridagi mavjud 14ta yo‘nalishda harakatlanuvchi 150ta avtobusda yo‘l haqini elektron transport to‘lov kartochkalar orqali to‘lash joriy etildi. Bu haqda Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Taksi - Sputnik O‘zbekiston
Urganchda taksi xizmati uchun yo‘lkira plastik karta orqali to‘lanmoqda

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bo‘lim boshlig‘i Abdurashid To‘laganovning aytishicha, respublikada birinchi bor Andijonda bu tartib yo‘lga qo‘yildi. Yo‘lovchi dastlab avtobekat yoki bank muassasalaridan 15 ming so‘mga kartochka sotib oladi. Keyinchalik o‘zining bank plastik kartochkasidan onlayin tartibida unga pul tushirib boradi.

Undan ikki yil muddatda respublika bo‘yicha xizmat ko‘rsatayotgan avtobuslarda foydalaniladi. Eng muhimi, bitta kartochkadan butun oila a’zolari foydalanishi mumkin. Yo‘l haqi shahar yo‘nalishlarida bir xil belgilangan.

Kartochkadan foydalanish tartibi juda oddiy. Chiptachi kartani terminalga (validator) tegizib pul mablag‘ini yechadi. To‘lov amalga oshirilganini tasdiqlash maqsadida sana, vaqt, yo‘nalish nomi, avtobus va karta raqami hamda qolgan mablag‘ haqida hisobotlar qayd etilgan chek beriladi. Busiz yo‘l haqi to‘lanmagan hisoblanadi.

Yangi loyiha asosida ishlovchi avtobuslarga eng tajribali haydovchilar tanlab olindi. Kasb-hunar kollejlarini tamomlayotgan 150 nafar bitiruvchi amaliyot davrida tayyorgarlik ko‘rib, chiptachi vazifasida ish boshladi. Har bir to‘lov to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning hisob raqamiga tushadi.

Andijon - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda oynavand bekatlar qurilmoqda

Andijon shahri ko‘chalarida barpo etilayotgan zamonaviy oynavand bekatlarda avtobuslarning oraliq masofasini onlayn rejimida (GPS) doimiy kuzatib borish imkoniyati ham yaratilgan. Maxsus monitor orqali avtobus qayerda kelayotgani va bekatga yetib kelish vaqtini bilish mumkin.

Viloyat markazida qo‘llanilayotgan zamonaviy xizmat kelgusida qishloqlarda xizmat ko‘rsatuvchi avtobuslarda ham qo‘llanilishi ko‘zda tutilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0