TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Andijonda yangicha ko‘rinishdagi bekatlar qurilmoqda. Ana shunday bekatlarning dastlabkilari viloyat markazining Mashrab va O‘zbekiston ko‘chalarida barpo etildi, deb xabar beradi "Andijonnoma" gazetasi.
E’tiborlisi, bekatlar oyna qoplamali qilib ishlangan. Oynavand bekatda avtobus kutuvchilar uchun qulay o‘rindiqlar batartib joylashtirilgan.
Bekatning ikkinchi tomonida kompyuter xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda aholi kommunal to‘lovlarini amalga oshirish, internet xizmatidan foydalanishi mumkin.
Bekat ishchisi bo‘lgan Andijon avtomobil yo‘llari qurilishi kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Eldorbek Mahmudovning aytishicha, yaqin kunlarda bekatda fast fud taomlari savdosi ham yo‘lga qo‘yiladi.