Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida 1100dan ortiq xodim ishlaydi

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishDengi, kvitansii i cheki na oplatu kommunalnix platejey
Dengi, kvitansii i cheki na oplatu kommunalnix platejey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlik tarkibida Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘larini ko‘p xonadonli arzon uy-joy fondi, suv ta’minoti, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish hamda boshqa maqsadlarga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 2-may — Sputnik. Yaqinda tashkil etilgan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar soni 1167 kishini tashkil etadi, deb xabar bermoqda nuz.uz prezidentning "O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaroriga asoslanib.

Batareya v podyezde jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev yana bir dolzarb muammoni hal etuvchi farmonga imzo chekdi

Vazirlikning poytaxtning Yunusobod tumanidagi Niyozbek yo‘li, 1-uyda joylashadigan bosh idorasida 92, Qoraqalpog‘iston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida 26, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasida 56, viloyat boshqarmalarida 252, tuman boshqarmalarida 654 nafar xodim ishlaydi.

Vazirlik tarkibidagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasida 68, "Kommunxizmat" agentligida 19 kishi faoliyat ko‘rsatadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar hokimliklari uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari, Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi huzurida «Ta’mirlash-tiklash xizmati» davlat unitar korxonalari va ularning shahar va tuman filiallarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Tashkil etiladigan ushbu unitar korxonalar zimmasiga ko‘p xonadonli uy-joy fondini mavsumiy foydalanishga o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash, ko‘p xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy ta’mirlash hamda unga tutash hududlarni obodonlashtirish vazifalari yuklatilgan.

Farmonda vazirlik tarkibida Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘larini, birinchi navbatda, ko‘p xonadonli arzon uy-joy fondi, suv ta’minoti, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish, kapital hamda joriy ta’mirlash, maxsus texnika va uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan ta’minlash hamda boshqa maqsadlarga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev virtual qabulxonasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashkil etilishi mumkin

Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish uchun jalb etiladigan kreditlar, jumladan, xalqaro moliya institutlari va banklarning imtiyozli kreditlari, Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalardan tushgan mablag‘lar, ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda belgilaydigan maxsus ustamalar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamg‘arma manbalari hisoblanadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0