Tojikiston va O‘zbekiston bojxonalari o‘zaro hamkorlik qiladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishMamontovskiy tamojenniy post Shelkovskoy tamojni
Mamontovskiy tamojenniy post Shelkovskoy tamojni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki davlat hukumatlari tez orada bojxona xizmatlarining hamkorligi bo‘yicha ikkita kelishuv imzolashi kutilmoqda

TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari bojxona sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston Akipressga tayanib.

O‘zbekiston sanoati mahsulotlari Tojikistonda o‘tkazilgan yarmarkada namoyish etildi. - Sputnik O‘zbekiston
Do‘stlik mustahkamlandi: O‘zbekiston va Tojikiston 35 mln $lik shartnoma imzoladi

Tojikiston hukumati O‘zbekiston bilan ushbu sohada hamkorlik qilish bo‘yicha ikkita hujjatni tasdiqladi.

Kelishuv hujjatlarida bojxona jarayonlarini soddalashtirish, axborot va tajriba almashish, bojxona qonunchiligi buzilishlari, xususan, noqonuniy tovar olib o‘tilishining oldini olish masalalari ko‘zda tutilgan.

Tomonlar hujjatlarni tez orada imzolashi kutilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0