Islom Karimovga haykal yasash tanlovida Ilhom Jabborov g‘olib bo‘ldi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishO‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov
O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haykalning 68ta loyihasi tomoshabinlar hukmiga havola qilingan edi. Tanlovda birinchi o‘rin uchun 25 ming dollar, ikkinchi o‘rin uchun - 20 ming dollar, uchinchi o‘rin uchun 15 ming dollar mukofot belgilangan

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Toshkentda O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovga haykal yasash bo‘yicha Xalqaro badiiy tanlov yakunlari e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Xalqaro badiiy tanlov yakunlarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan hakamlar hay’ati taqdim qildi. Mustaqil komissiya bu yo‘nalishda katta ishlar qilib, o‘z xulosasini bayon etdi.

Venadagi BMT binosi qarshisida fors olimlari haykallari o‘rnatildi - Sputnik O‘zbekiston
BMT binosi ro‘parasida Sharq allomalariga haykal o‘rnatildi
Tanlovda aksariyat ovozlarni to‘plashga muvaffaq bo‘lgan haykaltarosh Ilhom Jabborov g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin — yosh haykaltarosh Jasvand Annazarovga, uchinchi o‘rin esa — To‘lagan Tojixo‘jayevga nasib etdi.

"Men tanlov qatnashchilari va g‘oliblarini chin yurakdan tabriklayman. G‘oliblikka da’vogarlar ko‘p bo‘lgani uchun eng munosib ishlarni saralab olish murakkab kechdi. Ammo endilikda faqat olg‘a qadam bosish kerak, haykaltaroshlar oldida ulkan vazifalar turibdi. Mamlakat rahbariyati ona yurtning buyuk o‘g‘lonlari va ayollari xotirasini abadiylashtirish maqsadida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Ularga respublikaningi ko‘plab shaharlarida haykallar o‘rnatiladi. Shu bois, bu masalalarni hal etishda kuchni va ijodiy g‘oyalarni bir joyga jamlab harakat qilish kerak", — degan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur.

© SputnikPobeditelem v konkurse na pamatnik Karimovu stal Ilxom Jabbarov
Pobeditelem v konkurse na pamatnik Karimovu stal Ilxom Jabbarov  - Sputnik O‘zbekiston
Pobeditelem v konkurse na pamatnik Karimovu stal Ilxom Jabbarov

U shuningdek, barcha haykaltaroshlarni Sharof Rashidov, Abdulla Oripov, Ozod Sharofitdinov, Said Ahmad va Saida Zunnunova hamda Muhammad Yusufga haykallar yaratish bo‘yicha o‘tkazilishi belgilangan tanlovlarda faol ishtirok etishga va bu bilan vatan ravnaqiga hissa qo‘shishga chorlagan.

Alisher Navoiy va Islom Karimov haykalini qurish kimga topshiriladi?
Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlovda O‘zbekiston Ukraina, Janubiy Koreya, Turkmaniston, Germaniya, Italiya va Avstraliyadan jami 58 nafar mualliflar ishtirok etdi. Haykalning 68ta loyihasi tomoshabinlar hukmiga havola qilindi. Tanlovda birinchi o‘rin uchun 25 ming dollar, ikkinchi o‘rin uchun — 20 ming dollar, uchinchi o‘rin uchun — 15 ming dollar pul mukofoti belgilangan.

Ilxom Jabbarov mamlakatning eng mashhur haykaltaroshlaridan biridir. Toshkentdagi Furqat (bronza, granit, 1982; me’mori S. Sutagin), Urgutdagi Navoiy (mis, 1985), Namangandagi Mashrab (mis, 1988), Toshkent (1992), Samarkand (1997) va Shahrisabz (1997)dagi Amir Temur haykallari (bronza; me’mori F. Ashrafiy), Farg‘onadagi Al Farg‘oniy (bronza, 1998), Toshkentdagi "Ona" (bronza, 1999), Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi (2000) haykallari muallifi Jabborovdir.

2001 yilda "Mehnat Shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0