Andijonda ayollarni bepul davolaydigan markaz ish boshladi

© Sputnik / StringerTez tibbiy yordam mashinasi
Tez tibbiy yordam mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1 milliard 125 million so‘m mablag‘ evaziga bunyod bo‘lgan muassasada boshqa turdosh markazlardan farq qiluvchi jihatlar juda ko‘p. Masalan, kam ta’minlangan, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar va nogiron farzandni tarbiyalayotgan onalarga bepul xizmat ko‘rsatiladi

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Andijon shahrida "Fetus medicine" davolash va diagnostika markazi ish boshladi, deb xabar qilmoqda Andijon viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

tug‘ruqxona - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston shifoxonalariga Rossiyaning "Shvabe" tibbiyot texnologiyalari keltiriladi
Xabarga ko‘ra, 1 milliard 125 million so‘m mablag‘ evaziga bunyod bo‘lgan muassasada boshqa turdosh markazlardan farq qiluvchi jihatlari: bu maskangda kam ta’minlangan, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar va nogiron farzandni tarbiyalayotgan onalarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

Markazda Xitoy va Koreya davlatlarida ishlab chiqarilgan texnik tibbiy vositalar mavjud bo‘lib, ular to‘g‘ri va aniq tashxis qo‘yish va davolash imkonini beradi. Bemorlar bepul nonushta, maslahat va boshqa xizmat turlaridan foydalanish imkoniga ham ega, deb qo‘shimcha qilingan xabarda.

"Medikal-Andijan" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan ushbu markazda xotin-qizlarga ginekologiya, dermatologiya, fizioterapiya, UZI, EKG, qonva siydik taxlillari bo‘yicha xizmat turlari taklif etiladi. 26 nafar malakali shifokor va hamshiralar faoliyat ko‘rsatayotgan ushbu maskanda bemorlar statsionar va ambulator sharoitida davolanishlari mumkin.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand shahar 1-tug‘ruqxona bosh iqtisodchisi katta pora olayotganda qo‘lga tushdi
Statsionar usulda davolanish uchun 17 o‘rinli maxsus xonalar mavjud bo‘lib, ularda barcha sharoitlar mujassamligi ta’kidlangan. Shuningdek, nafaqat, davolanish, balki, mehmonlarni kutib olish va kuzatish uchun alohida xonalar ham tashkil etilgan.

Andijon davlat tibbiyot institutining ikkinchi bosqich talabasi, 21 yoshli Jasurbek Qo‘chqorov rahbarligidagi jamoa esa o‘z faoliyatini xayrli ishlarga yo‘naltirishni rejalashtirganlar.

Faoliyatlarining ilk kunida Andijon shahrida istiqomat qiluvchi besh nafar bolajonlarning sunnat to‘ylarini tashkillashtirilishi ana shu ibratli ishlarning debochasidir, deb xabar qilgan hokimlik.

Yangiliklar lentasi
0